Tabiat haqidagi fanlar ichida texnika taraqqiyoti uchun fizika eng katta ahamiyatga ega. Fizika texnikaning asosidir, chunki fizika qonunlari texnikada ko`p qo`llaniladi. Fizika sohasidagi yangi kashfiyotlar mavjud texnikaning yaxshilanishi yoki yangi texnikaning paydo bo`lishiga sabab bo`ldi. Texnikaning taraqqiyoti o`z navbatida fanning yanada rivojlanishiga olib keladi.