Sharqning musiqiy cholg’u sozlari – eng qadimiy, o’ziga xos va jonli san’atdir. Bizgacha yetib kelgan qadimiy tasvirlar, arxeologik topilmalar va o’rta asrlardagi
cholg’u sozlarining tasvirlari ularning qadim-qadimlardan buyon mavjud ekanligini tasavvur qilish imkonini beribgina qolmay, shu bilan birga u yoki bu musiqiy sozlarning o’zbek xalqi ajdodlari orasida azaldan taomilda bo’lganligi xususida ham ma’lumotlar beradi.