Hozirgi kunda har bir mutaxassis o`z faoliyat sohasidagi parametrlarni va ularni o`lchash usullarini, o`lchash vositalarini, ularning texnikaviy tavsiflarini bilishlari zarur. Bundan tashqari texnika yo`nalishidagi mutaxassislar o`lchanadigan va baholanadigan kattaliklarni nazorat qilish vositalari hamda ularni ishlatish bilan bog`liq bo`lgan masalalarni bilmog`i zarur.