Turizm animatsiyasi - bu bo`sh vaqtni o`tkazish uchun maxsus dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, o`yin-kulgi va sport o`yinlarini tashkil qilishdir. Animatsiya - xizmat ko`rsatish sifatini oshirishga qaratilgan xizmat turidir va shu bilan birga bu reklama, mehmonlar va ularning do`stlarini qayta jalb qilishning o`ziga xos turidir, shuningdek uning maqsadi turistik sanoatning daromadliligi va rentabelligini oshirish uchun turistik mahsulotni bozorga chiqarishdir.