Oraliq nazorat har bir o`quv fani bo`yicha DTS da ko`zda tutilgan o`quvchilar o`zlashtirishi lozim bo`lgan asosiy bilim, ko`nikma va malaka elementlari soni aniq belgilangan majburiy standartli nazorat ishlari orqali amalga oshiriladi. Har bir majburiy standart nazorat ishi o`quvchilar bilimlaridagi bo`shliqlarni aniqlash va ular tomoni-dan o`quv fanidagi muayyan bo`lim yoki mavzular guruhining ma¬jburiy qismini o`zlashtirishning haqiqiy darajasini baholashni maqsad qilib oladi.