Dunyo adabiyotshunosligida ham, shu jumladan, o`zbek adabiyotshunosligida ham sotsiologik metod juda keng qo`llanadigan ilmiy tadqiqot usullaridan biri sanaladi. Adabiyot va san’atning jamiyat bilan o`zaro munosabatlari masalasi har bir davrning muhim tadqiqot ob’ekti sifatida tadqiq va talqin qilib kelingan. Maqolada adabiyotshunoslikda juda keng qo`llanadigan ilmiy tadqiqot usullaridan biri sotsiologik metod va uning shakllanish omillari, tarixi va taraqqiyoti xususida fikr yuritiladi