Turli mulkchilikka asoslangan iqtisodiyot bozor munosabatlarining muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Uning sub’ektlari bo’lgan korxonalar, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi boshqa shaxslar mulkning egasi va tasarruf etuvchisi sifatida mablag’lardan to’g’ri foydalanishdan manfaatdordirlar. Bu esa sodir bo’layotgan xo’jalik jarayonlari va hodisalarini davriy kuzatishni, faoliyat natijaviyligini batafsil o’rganishni hamda ularni iqtisodiy tahlil qilishni talab etadi. SHu jihatdan korxona faoliyatini boshqarishning muhim vositasi va quroli bo’lgan iqtisodiy tahlil o’ta ahamiyatli hisoblanadi.