Oxirgi yillarda kompyuterlarning hisoblash quvvatining misli ko`rilmagan darajada rivojlanishi va dasturiy ta`minotni ishlab chiqarish jarayonida va loyihalash –konstruktorlik ishlarida keng qo`llanilishi muhandislarga loyilashtirishni avtomatlashtirish tizimini qo`llash orqali muhim vazifalarni ham amalga oshirish imkonini beradi. Jumladan informatsion texnologiyalar va dasturiy-matematik sohasidagi ilmiy-texnik yutuqlar avvalgi qo`llanilgan murakkab jarayonlardan voz kechib,ularning o`rniga mahsulot ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlarini qo`llash imkoniyatini beradi.