Kinemotagrafiya olamining ajralmas qismi xisoblanuvchi tasviriy san`atning mo`jizaviy imkoniyatlari hamda badiiy so`zlar mohiyatiga qadar bellasha oluvchi rang va nurlar haqida chuqur izlanish olib borilgan. Unga ko`ra, badiiy asar yoki badiiy filmda birdek imkoniyatlarini saqlab qoluvchi tasviriy yechimning asosi bo`lmish rang va nur, birgalikda yaxlit asarning kompozitsiyasini ifodalab beradi. Ushbu maqola ijodkorlarning faoliyatiga ta`siri katta bo`lib, dunyoga mashxur rassomlar va kino ijodkorlarning ulkan tajribalari bilan yaqindan tanishishda yordam beradi