Dispers tizimlarda dispers faza zarrachalari katta sirtga ega bo`lganligi sababli ularning sirtidagi atom va molekulalar alohida holatda bo`ladi. Ko`pincha kolloid eritmaning sirt qavati uning ichki qavatidan hatto tarkib jihatidan fark qiladi. Binobarin, har qanday dispers tizimda haqiqatan uchta faza: dispers faza, dispersion muhit va sirt faza mavjuddir.