Yirik adabiyotshunos, iste`dodli dramaturg Izzat Sulton 1910 yili O`sh shahrida hunarmand oilasida tug`ildi. Otasi vafotidan keyin bolalar uyida tarbiyalandi. 1924 yilda u Toshkentga o`qishga keladi. Avval "Namuna" ish maktabi, so`ngra ta`lim-tarbiya texnikumida o`qiydi. Texnikumni thamomlagach, maktablarda o`qituvchilik qiladi.