Dunyo aholisining asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan biri bug`doy doni bo`lganligi sababli hosildorligi salmog`i va sifatini oshirishga bo`lgan e’tibor tobora kuchayib bormoqda. SHu sababli ham kuzgi bug`doyning hosildor navlarini yaratish bilan birga resurstejamkor agrotexnologiyalari ham tobora takomillashtirilmoqda. Bu borada AQSH, Fransiya, Avstraliya va Rossiya davlatlari etakchilik qilib dunyoda etishtirilayotgan jami bug`doy donining uchdan ikki qismini etishtirishga erishmoqdalar.