Prezidentimiz Islom Abdug`aniyevich Karimov tomonidan neft va gaz sanoati xodimlari oldiga qo`yilgan vazifalar bajarilishi buyicha 2009-2014 yillarga mo`ljallangan istiqbolli reja tuzib chiqilib, bu reja bugun, soha mutaxassislari uchun dasturil amal bo`lib xizmat qilmoqda. Hozirgi payttga kelib amalda mamlakat neft va gaz qazib chiqarish va qayta ishlash mustaqil tarmoqqa aylanib ulgurib, o`tgan yillar yakunlariga ko`ra Respublikamiz qazib olinayotgan gaz mahsulotlarining bir qismini chet elga eksport qilmoqda.