Mustaqillikka erishilgandan so`ng Respublikamiz hayotida ijobiy yangiliklar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizning boy tabiiy va ishchi kuchi zahiralaridan fan va texnikaning so`ngi yutuqlariga tayangan holda foydalanib, yurtimiz iqtisodiyotini yanada oshirish bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi. O`zbekiston mintaqaviy va xalqaro energetika tizim va dast avval uning gaz segmentida kattagina o`rinni egallagan. Oxirgi yillarda mamlakatda tabiiy gaz qazib olish o`smoqda hamda gaz zahiralarining ko`payishi kuzatilmoqda. Bu energetika soxasiga davlat miqyosidagi e’tibor va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va himoyalash chora tadbirlarining sharofatidir. Puxta o`ylangan davlat siyosati natijasida energetika sektori xorijiy neft gaz kompaniyalarining diqqat e’tiborini tortib ular O`zbekistondagi turli energetik loyihalarga investitsiya kiritmoqdalar.