Qishloq xо`jaligi – О`zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmog`i hisoblanadi. Bu tarmoq mamlakat aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga, qayta ishlash sanoati tarmoqlarining esa xomashyoga bо`lgan talabini qondiradi. Oziq-ovqat mahsulotlarining 90 foizga yaqini agrar tarmoqda tayyorlanadi. Qishloq xо`jaligi respublikamizning iste’mol bozoriga oziq-ovqat mahsulotlari va kayta ishlash sanoatiga xomashyo yetkazib berish bilan birga, qishloq xо`jaligi mashinasozligi, kimyo sanoati kabi bir qator tarmoqlar mahsulotlari uchun kafolatli bozor bо`lib ham hisoblanadi.