Millatimiz, xalqimizning tarixiy taraqqiyotini o’rganishga bo’lgan munosabatimiz milliy o’zligimizni anglashga bo’lgan intilishimizning kuchayib borayotganligini ko’rsatmoqda. Mustaqillik yillari millatimiz tarixining, madaniyatining ko’pgina sahifalarini qaytadan ko’rib chiqish, unitilayotgan yoki yo’qolish arafasida turgan ma`naviy mеrosimizni umumjahon tamadduniga o’zining munosib hissasini qo’shgan buyuk ajdodlarimiz ijodini qayta tiklash davri bo’ldi.