Ilm-fan va zamonaviy texnologiyalarni hamda ta’limni rivojlantirish O`zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini amalga oshirish borasida hal etilishi lozim bo`lgan ustuvor vazifalardan biri sanaladi. O`zbekiston Respublikasini jahon bozorlariga chiqishi va u yerda o`ziga munosib o`rinni egallashi uchun ilm-fan yutuqlaridan keng ko`lamda foydalaniladigan, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqara oladigan iqtisodiy tizimni shakllantirishi shart. Bunday mas’uliyatli vazifani mukammal darajada bajarish uchun esa milliy ilm-fanni hamda kadrlar tayyorlash tizimini jadal tarzda rivojlantirishga katta ahamiyat berilishi darkor.