Iste’dodli shoirlardan biri Usmon Azimovdir. U 1950 yili Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tug’ilgan. 1972 yilga kelib Toshkent Davlat dorilfununini tugatgan. So`ngra sobiq Sovet Armiyasi saflarida xizmat o`tagan. U dastavval jurnalist sifatida Respublika radiosida, bir qator ro’znoma va oynomalarda, nashriyotlarda faoliyat ko`rsatgan.