Ushbu uslubiy qo’llanma oliy ta’lim muassasalarining “Matematika”, ”Amaliy matematika va informatika” hamda ”Fizika” ta’lim yo’nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan. Qo’llanmada asosan kompleks analiz fanidan mavzular bo’yicha bir qancha tipik masalalarning namunaviy yechimlari va talabalar mustaqil bajarishlari uchun ko’plab masalalar keltirilgan.