Hozirgi vaqtda dunyo miqyosida barcha turdagi tolalar ishlab chiqarish hajmi qariyb 60 million tonnaga yetgan. Shundan 60 % atrofida kimyoviy tolalar hissasiga to`g`ri keladi, qolgan 40 % tabiiy tolalardan iborat. Bu dunyo iqtisodiyoti tomonidan yiliga 20 mln tonnadan ortiq tabiiy tolalar: paxta, jun va ipak yetishtirilayotganidan darak beradi.
Yong`in hodisalari vaqtida ro`y berayotgan odamlarning jarohat olishi, qurbon bo`lishi hamda yetkazilayotgan moddiy zararlar haqidagi ma’lumotlar matolarni yong`indan himoyalash masalasi o`z dolzarbligini saqlab kelayotganligidan dalolat beradi.