Boshlang`ich ta’lim yo`nalishida ona tili fanidagi mavzularning, xususan, so`z yasalishi mavzusining sifatli, zamon talablariga mos holda o`rgatilishiga alohida e’tibor qaratilayotgani bejizga emas. Chunki bu mavzular bo`yicha dastlabki nazariy tushunchalar shu bosqichda shakllanadi. Shuning uchun tushuncha va xulosalarning to`g`ri kamol toptirilishi ta’limning keyingi bosqichlari uchun mustahkam poydevor bo`ladi.