Temperaturasi yuqori bo’lgan jismdan temperaturasi past jismga issiqlikning o’z-o’zidan, qaytmas o’tish jarayoniga issiqlik almashinish deyiladi.
Issiqlik (issiqlik miqdori)- bu issiqlik jarayonining energetik xarakteristikasi bo’lib, jarayon mobaynida uzatilgan yoki olingan energiya miqdori bilan belgilanadi.