Qorin  bo`shlig’i    (cavum  abdominalis)-  qorin  bo’shlig’i  ichki  fassiyasi  (f.endoabdominalis) bilan  chegaralangan  bo’lib,  qorin  bo’shlig’i  va  qorinparda  orqa  bo’shlig’iga  bo’linadi.  Qorin bo’shlig’ining  yuqorigi  devorini  diafragma,  old  va  yonbosh  tomonidan  qorinning  old  devori mushaklari  qatlami,  orqadan  umurtqa  pog’onasi,  bel  mushaklari  qatlami  tashkil  qiladi.  Qorin bo’shlig’i pastki tomondan erkin holda chanoq bo’shlig’iga o’tib, ular orasidagi chegara shartlidir.