Istagan kishingizdan hayotdan hammadan ortiq qanday tilagi  borligini so`rasangiz, eng ko`p tarqalgan javob:  ((Men shunchaki baxtli bo`lishni istayman)),  degan so`zlardan iborat bo`ladi. Bo`lmasa, nima uchun baxtli insonlar shunchalik oz? Nima sababdan dori  ishlab  chiqarishda antidepressant (tushkunlikdan asrovchi vosita)lar eng jadal  rivojlanayotgan soha bo`lmoqda? O`zlarini baxtli hisoblovchi kishilar nima uchun  bunchalar kam? Balki, baxtni topish mumkin bo`lmagan joydan  izlayotgandirmiz?