Sintaksis girekcha” Sintaksis” so’zidan olingan bo’lib, ”Tuzish” degan ma’noni anglatadi. Sintaksis gramitikaning bir bo’limi bo’lib, bunda so’zlarning va gaplarning o’zaro aloqasini, so’z birikmalari va gaplarni turlarini, birikish usullarini o’rganadi.
Bu jihatdan sintaksis morfologiyadan farqlanadi. Chunki morfologiya so’zlarning tuzilishi, yasalishi, turlanishi, tuslanishi kabilarni kabilarni tekshiradi. Sintaksis esa, ana shu formalarning dindmikasini, ularning funksiyasini ma’lum bir fikrini ifodalashdagi rolini o’rganadi.
Morfologiya va sintaksis bir-birini to’ldiruvchi, o’zaro munosabatda bo’lgan sohalardir. Gap-turlari – darak, so’roq, buyruq, undov gaplarning bir-biridan farqlanishi, asosan kesmlarning qanday so’z turkumi orqali ifodalanishiga bog’liq.