Pensiya yoshiga yetgan o’qituvchini maktab direktori ishdan bo’shatishi mumkinmi?
Men pensiya yoshidagi o’qituvchiman. Maktab direktori yangi o’quv yilidan meni ishdan bo’shatishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Men ishdan bo’shashga majburmanmi? Bu yerda direktorning qilgan ishi qonuniymi?
Javob
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi PF-5597-son “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” Farmoniga asosan 2019 yil 1 yanvardan boshlab barcha ishlovchi pensionerlarga pensiyalar to’liq miqdorda to’lanishi belgilandi.
Shu munosabat bilan umumta’lim maktablarida o’qituvchilarga bo’lgan ehtiyojlarni qoplash maqsadida nafaqadagi o’qituvchilar ishga jalb qilindi hamda ishlayotgan nafaqa yoshidagi o’qituvchilar o’z mehnat faoliyatini davom ettirib kelmoqda.
O’qituvchilarga dars soatlari tegishli uslubiy birlashma tasiyasi asosida maktab pedagogika kengashi qaroriga binoan maktab direktorining buyrug’i bilan taqsimlanadi. Bunda, uslubiy birlashma tomonilan o’qituvchining mahorati, tajribasi va malakasi hamda boshqa ko’rsatgichlari inobatga olinadi.
Lekin shuni ham esdan chiqarmaslik lozimki, ish beruvchi o’z tashabbusiga ko’ra xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishi mumkin bo’lgan sabablar Mehnat kodeksining (MK) 100-moddasi 2-qismining 7-bandida bayon etilgan.
Unga ko’ra xodimning pensiya yoshiga to’lganligi, qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi mavjud bo’lganda ish beruvchi o’z tashabbusiga ko’ra xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishi mumkin.
Bunda, maktab direktori xodimni pensiya yoshiga yetganligi munosabati bilan ishdan bo’shatishni lozim topsa, mehnat shartnomasini bekor qilishi mumkinligi haqida ogohlantirish xati berishi qonuniy deb hisoblaymiz.
❗️Lekin 60 yoshga to’lmagan ayolllarga bu borada biroz imtiyozlar bor.
Chunki, 2019 yil 7 martda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to’g’risida» PQ-4235-sonli qarori qabul qilingan.
Mazkur qaror xotin-qizlarning mehnat huquqlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qo’llab-quvvatlash, mehnat faoliyatini rag’batlantirish va odil sudlovga erishish darajasini oshirish maqsadida qabul qilingan.
Xususan, Qonunning 1-bandiga ko’ra, 2019 yil 1 maydan boshlab ayollarning pensiya yoshiga to’lganligi yoki qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi vujudga kelganligi sababli ular bilan tuzilgan nomuayyan muddatli mehnat shartnomasini 60 yoshga to’lgunga qadar ish beruvchining tashabbusiga ko’ra bekor qilish taqiqlanadi.
Shunday ekan, ish beruvchi ayol xodimlarning pensiya yoshiga to’lganligi munosabati bilan u bilan mehnat shartnomasining o’z tashabbusiga ko’ra mexnat kodeksining 100-modda 2-qism 7-bandiga ko’ra bekor qilishi mumkin emas deb hisoblaymiz.
Отвечать
Согласно Указу Президента Республики Узбекистан от 12 декабря 2018 года № ПФ-5597 «О дополнительных мерах по повышению эффективности пенсионной системы и усилению социальной поддержки пенсионеров» с января всем работающим пенсионерам будут выплачиваться свои пенсии в полном объеме.
В связи с этим для обеспечения потребности учителей в общеобразовательных школах набраны учителя-пенсионеры, и учителя-пенсионеры продолжают свою работу.
Классные часы учителям распределяются приказом директора школы по решению школьного педагогического совета на основании соответствующего методического объединения. При этом методическое объединение учитывает навыки, опыт и квалификацию преподавателя, а также другие показатели.
Однако следует иметь в виду, что основания, по которым работодатель может расторгнуть трудовой договор с работником по собственной инициативе, изложены в пункте 7 части 2 статьи 100 Трудового кодекса (ТК).
Согласно ему работодатель может расторгнуть трудовой договор с работником по собственной инициативе при условии, что работник достиг пенсионного возраста и имеет право на получение государственной пенсии по старости в соответствии с законодательством.
В данном случае считаем правомерным вынесение директором школы письма-предупреждения о том, что работник может расторгнуть трудовой договор, если сочтет необходимым его увольнение в связи с достижением пенсионного возраста.
❗️Но в этом плане есть некоторые льготы для женщин до 60 лет.
Потому что 7 марта 2019 года Президент Республики Узбекистан принял Постановление №PQ-4235 «О мерах по дальнейшему укреплению гарантий трудовых прав женщин и поддержке предпринимательства».
Принято решение об усилении гарантий защиты трудовых прав женщин, дальнейшей поддержке их предпринимательской инициативы, поощрении трудовой активности и расширении доступа к правосудию.
В частности, согласно статье 1 Закона, с 1 мая 2019 года в связи с тем, что женщины достигли пенсионного возраста или имеют право на получение государственной пенсии по возрасту в соответствии с законом, бессрочный трудовой договор с их до 60 лет. отмена запрещена.
Поэтому полагаем, что работодатель не может по собственной инициативе расторгнуть трудовой договор с работницей в соответствии с пунктом 7 части 2 статьи 100 Трудового кодекса в связи с достижением ею пенсионного возраста.
Источник: Информация об общественном образовании.

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:47:54
Kavsar Turdiyeva hayoti, mehnat faoliyati, asarlari, mukofotlari Kavsar Turdiyeva hayoti, mehnat faoliyati, asarlari, mukofotlari
Ilm-u Ziyo tibbiyot kollejiga qabul davom etmoqda Ilm-u Ziyo tibbiyot kollejiga qabul davom etmoqda
Navro‘z bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam olishadi? Navro‘z bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam olishadi?
2021-2022 DTM test sinovi natijalarini bilish usullari 2021-2022 DTM test sinovi natijalarini bilish usullari
Akademik litseylarga kirish imtihonlari sanasi aniq bo‘ldi Akademik litseylarga kirish imtihonlari sanasi aniq bo‘ldi
Ginnes Rekordlar kitobi qanday paydo bo’lgan? Ginnes Rekordlar kitobi qanday paydo bo’lgan?
2021-2022 qabul kvotalari. Barcha yo’nalish qabul kvotasi haqida 2021-2022 qabul kvotalari. Barcha yo’nalish qabul kvotasi haqida
Dekabr MIG” turkumiga kiruvchi fan oyligi ish rejasi Dekabr MIG” turkumiga kiruvchi fan oyligi ish rejasi
O‘zbekistondagi bog‘chalarda rus tili "ikkinchi ona tili" sifatida o‘rgatilishi rostmi? O‘zbekistondagi bog‘chalarda rus tili "ikkinchi ona tili" sifatida o‘rgatilishi rostmi?
Bolaning qanday uxlashiga qarab xarakterini bilib olamiz Bolaning qanday uxlashiga qarab xarakterini bilib olamiz
Yoshlar daftari nima? Yoshlar daftari haqida batafsil Yoshlar daftari nima? Yoshlar daftari haqida batafsil
Yangi Mehnat kodeksi qabul qilindi, qanday o‘zgarishlar bor? Yangi Mehnat kodeksi qabul qilindi, qanday o‘zgarishlar bor?
«Bolani pulga o‘rgatma». Bu taomil qanchalik to‘g‘ri? «Bolani pulga o‘rgatma». Bu taomil qanchalik to‘g‘ri?
Ingliz tili fanidan electron darsliklar, ingliz tili kitoblari 1-11-sinf Ingliz tili fanidan electron darsliklar, ingliz tili kitoblari 1-11-sinf
O‘zbekistonda doimiy aholi soni haqida yangi ma’lumot O‘zbekistonda doimiy aholi soni haqida yangi ma’lumot
Учебники для 7 класса. Электронные учебники. Скачать школьные учебники Учебники для 7 класса. Электронные учебники. Скачать школьные учебники
Islom dinida Navro'z bayrami bormi? Islom dinida Navro'z bayrami bormi?
2021-2022 turkman tili bo'yicha variativ ish rejalar to'plami 2021-2022 turkman tili bo'yicha variativ ish rejalar to'plami
Test qachon boshlanadi, ruxsatnoma qachon chiqadi? Test qachon boshlanadi, ruxsatnoma qachon chiqadi?
Zahiriddin Muhammad Bobur haqida 10 ta fakt Zahiriddin Muhammad Bobur haqida 10 ta fakt