Bilimga aylanayotgan o‘yinlarning nega o‘zbekchasi yo‘q?
Tish shifokoriga bolalarni olib borish qanchalik azobligini ota-onalar juda yaxshi bilishadi. Bolalarning tishini davolaydigan stomatologlar xonasida yig‘i ovozi tez-tez quloqqa chalinib qoladi. Shifoxonaga borib, navbatda turgandim, ikki qizaloqning onasi bilan tish shifokoriga borganda nimalar qilish kerakligini burro-burro gapirib berayotganiga guvoh bo‘ldim. Qizaloqlar bir-biriga gap bermay shifokorning asboblari qanday g‘irillashi-yu do‘xtir opa ozgina jizillatib ukol qilib yuborganiga indamay o‘tirsa, hammasi o‘tib ketishini quvnoq ohangda aytib berayotgandi.
Rostdan ham 4-5 yoshli qizaloqlar qabulga kirgach, yig‘lamadi ham. Onasidan bu holning sirini so‘radim.
— Farzandlaringizni shifokorga kelishga obdon tayyorlabsiz-da?
— Bola faqat aytilgan gapga ko‘nmaydiku. Yutub orqali bolani tish shifokoriga olib borishga tayyorlash bo‘yicha multfilm va bosqichma-bosqichli o‘yinlar bor, o‘shalardan ko‘proq foydalandim, — dedi.
Umuman, kundalik hayotda biz bilgan, bilmagan turli holatlar bo‘yicha bolalarning barcha savollariga bugun ota-onalarning o‘zlari ham kezi kelganda javob topa olmay qoladi. Keyingi paytda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni kuzatarkanman, ularda mana shu bilimlar bolaligidanoq shakllanayotganiga guvoh bo‘laman.
— Nega faqat xorij kanallaridagi multfilm va ko‘rsatuvlarni ko‘rasan, — so‘rayman hali oltiga kirmagan bolakaydan. O‘zimcha uning javobidan keyin bolakayga milliylikka ishtiyoq, o‘z tilini hurmat qilish, qadriyatlarimiz namoyish etiladigan o‘z kanallarimizni ko‘rishdan «va’z» o‘qimoqchi edim.
— Bilasizmi, — dedi u xuddi kattalarday salmoq bilan gap boshlab. – Bu «multik»da kosmos haqida zo‘r ma’lumotlar aytilgan. Voqealar ham shunaqa zo‘r tasvirlanganki, xuddi kosmosga borib qolganday bo‘lasiz. Masalan, siz qaysi sayyora haqida yaxshi bilasiz, o‘sha bo‘yicha hozir sizga savol beraman?
Bolakay shu tariqa meni savollarga ko‘mib tashladi va bu boradagi bilimlarimni ham to‘ldirdi.
— Yutubdagi o‘zbekcha multiklarda bunaqasini topolmayman-da. Shuning uchun rus tilidagi kanallardagini ko‘raman, — dedi.
Bolalar erta ulg‘ayayapti, degan xayolga bordim. Bu haqda doim o‘qisam, guvohi bo‘lsam-da, ularning ko‘p narsalarni erta bilayotgani, hatto ko‘pchiligi yangi bilim izlashga o‘zi ishtiyoq bildirayotganidan ko‘z yumolmaymiz.
— O‘g‘lim ko‘pincha yutubdagi kanallarda bolalarni rivojlantiruvchi turli o‘yin va ko‘rsatuvlarni tomosha qiladi, — deydi samarqandlik Malika Eshmurodova. – Ko‘pincha oshxonada yurganimda suvning qaynash darajasi-yu rozetkaga temir buyumlar suqilishi qanday oqibatlarga olib kelishi, o‘simliklarning qay tartibda o‘sib-rivojlanishi kabilarni gapirib beradi. U bularning barini o‘sha, yutubdagi kanallardagi o‘yinlar orqali o‘rganayotgan ekan. Keyinchalik bu o‘yinlarni birgalikda bajaradigan bo‘ldik. Bu bolamni nazorat qilishga, keyinroq esa unga ana shu ma’lumotlarni eslatib qo‘yishimda asqotadigan bo‘ldi.
Bu ayolning hali besh yoshga to‘lmagan farzandi ham rus tilida shu kabi o‘yin, multfilmlarni tomosha qilarkan. Xorij kanallaridagi bolalarning iqtidorini namoyish qiluvchi ko‘rsatuvlarni o‘zim ham bir necha marta tomosha qildim. 4 yoshli bolakayning yuzlab satr she’r yod olgani, hali beshga kirmay yuzlab davlatlar haqida ma’lumotga egaligi, bir necha tilni bilishi, olti yoshli qizaloqning tibbiyot sohasidagi terminlarni adashmay aytishi, yuzlab rangni ajratib ko‘rsatib berishi…
Aslida bolalarning kichik yoshidayoq tabiat va jamiyatdagi, kundalik turmushdagi juda muhim qoidalarni o‘rganishida ba’zida ota-onalarning hafsala qilmasligi, ba’zida yetarli tushunchaga ega emasligi ham sabab bo‘ladi. Keyin surishtirsam, jonivorlarga nisbatan mehr-shafqat, tabiatning turfa xilligiyu, muzlatkichning nega sovishi, suvni nega qaynatib ichish kerakligi, sovuq suv ichsa nega tomoq og‘rishi kabi minglab savollarga javob topadigan turli o‘yinlar bor ekan. Bu o‘yinlar bolaning qiziqishlari hisobga olingan holda ishlab chiqilishi barobarida ularning dunyoqarashini kengaytirishga ham xizmat qilar ekan. Aqlni peshlovchi, dunyoqarashni kengaytiruvchi, mantiqiy fikrlashni rivojlantiruvchi o‘yinlar o‘zbek tilida ham bo‘lsa, hech bo‘lmasa tarjima qilinsa, yaxshi bo‘lardi. Ularni ishlab chiqish masalasi o‘rtaga tashlansa nur ustiga a’lo nur. Yuqoridagi kabi iqtidorli bolakaylarni kashf etadigan milliy ko‘rsatuvlar paydo bo‘lsa deyman.
Gulruh Mo‘minova.
Источник: Zarnews.uz

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:51:57
Xo’jalik ishlari bo’yicha director o’rinbosarining vazifalari va majburiyatlari Xo’jalik ishlari bo’yicha director o’rinbosarining vazifalari va majburiyatlari
Zulfiya haqida hujjatli film yaratilmoqda Zulfiya haqida hujjatli film yaratilmoqda
Maktab ichki tartib-qoidalari namunasi Maktab ichki tartib-qoidalari namunasi
Mansabdorlarning mas’uliyatiga oid muhim loyiha jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi Mansabdorlarning mas’uliyatiga oid muhim loyiha jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi
Matematika DTM namunaviy test savollari 2022 javobi bilan Matematika DTM namunaviy test savollari 2022 javobi bilan
27-aprel efirga uzatiladigan television darslar jadvali 27-aprel efirga uzatiladigan television darslar jadvali
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga moddiy yordam beriladi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga moddiy yordam beriladi
Yangilik, Maktablarda «Ona tili» va «O‘qish» fanlari birlashtiriladi Yangilik, Maktablarda «Ona tili» va «O‘qish» fanlari birlashtiriladi
Xollardan xalos bo‘lish mumkinmi? Xollardan xalos bo‘lish mumkinmi?
Stipendiya oshdi, kontraktlar oshmadi, Buning tartibi qanday? Stipendiya oshdi, kontraktlar oshmadi, Buning tartibi qanday?
Tongni to‘g‘ri qarshi olish sirlari Tongni to‘g‘ri qarshi olish sirlari
Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash masalasiga doir mulohazalar Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash masalasiga doir mulohazalar
Qiz bola qiz bolaga o'xshamasa nima qilish kerak? Qiz bola qiz bolaga o'xshamasa nima qilish kerak?
Ayrim maktab oʻquvchilari muddatidan oldin talabalikka tavsiya etildi Ayrim maktab oʻquvchilari muddatidan oldin talabalikka tavsiya etildi
Texnikum va kollejlarda oʻquv jarayoni qachondan boshlanadi? — dolzarb savollarga aniq javoblar Texnikum va kollejlarda oʻquv jarayoni qachondan boshlanadi? — dolzarb savollarga aniq javoblar
Qabul–2021: qanday yangiliklar bor? Qabul–2021: qanday yangiliklar bor?
Qarindosh-urug’chilik va begonalik haqida maqollar to’plami Qarindosh-urug’chilik va begonalik haqida maqollar to’plami
XTV “Onlayn maktab” loyihasida ishlash uchun o’qituvchilarni taklif etmoqda XTV “Onlayn maktab” loyihasida ishlash uchun o’qituvchilarni taklif etmoqda
O’qituvchi bilan munosabatlarning buzilishiga olib keladigan ba’zi xatolar O’qituvchi bilan munosabatlarning buzilishiga olib keladigan ba’zi xatolar
Psixologik test – Inson shaxsiyati testi Psixologik test – Inson shaxsiyati testi