Oliy ta’lim muassasasini qanday tanlash kerak?
Oliy ma’lumotli bo‘lishga sarflagan vaqtingizga (va pulingizga!) afsuslanmaslik uchun o‘zingizga bir nechta savollar bering.
Menga qaysi kasb yoqadi?
Oliy ta’lim muassasasini tanlash qaysi kasbni egallashni xohlashingizga bog‘liq. Aytaylik, huquqshunos bo‘lishga qaror qildingiz. Bunday mutaxassislarni tayyorlaydigan oliygoh ro‘yxatini tuzing va har birining ijobiy va salbiy tomonlarini tahlil qiling. O‘qituvchilar tarkibi qayerda kuchliroq ekanligini, malaka oshirish (stajirovka) va amaliyot qanday o‘tishini, ma’ruzalar qanday formatda o‘tkazilishini bilib oling. OTM rahbariyati tomonidan intizom va o‘quv jarayoniga qo‘yiladigan talablarga e’tibor bering.
Kerakli barcha ma’lumotlarni olishning eng yaxshi usuli — bu bitiruvchilar yoki hozirgi vaqtda bakalavrda ta’lim olayotgan talabalar bilan suhbatlashishdir. Talaba birodarlar — juda ahil va ochiqko‘ngil bo‘lishadi va hech qachon mavjud bo‘lgan muammolarni yashira olmaydilar.
To‘lov-kontrakt asosidami yoki grant?
Albatta, har birimiz grant asosida o‘qishni va o‘qish uchun to‘lov haqida qayg‘urmay ta’lim olishni istaymiz. Afsuski, davlat granti uchun o‘rinlar chegaralangan, o‘qishni istaydiganlar esa har doim ko‘p. Agar, to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinsangiz, uni qanday to‘lashingizni oldindan o‘ylab ko‘ring va uning narxi yiliga kamida bir marta oshishini yodda tuting. OTM va ta’lim yo‘nilishini tanlashda to‘lov-kontrakt miqdorini inobatga oling.
Davlat yoki nodavlat OTM? Mahalliymi yoki xorijiy?
Bularning barchasi  qiziqishlaringiz va imkoniyatlaringizga bog‘liq. Asosiysi, ta’lim muassasasi davlat akkreditatsiyasiga ega bo‘lsin.
Qayerda yashaysiz?
Bu boshqa shaharda o‘qishni rejalashtirganlarga tegishli. Yotoqxonami yoki ijaraga olingan xonadon? Birinchi variant arzonroq va shubhasiz, quvnoq bo‘ladi, ammo siz o‘sha yerdagi sharoitlarga, jumladan, yashash sharoitlariga moslashishingiz kerak bo‘ladi. Ikkinchi holda, qulaylik darajasini o‘zingiz belgilaysiz, ammo bu imkoniyat uchun to‘lashingiz kerak bo‘ladi. Spoyler: stipendiyangiz, albatta, yetarli bo‘lmaydi!
Ushbu va boshqa omillarni tahlil qilib, sizning oldingizda yangi bilimlar, tanishuvlar va imkoniyatlar bilan to‘la qiziqarli talabalik yillari turganini unutmang. Bu vaqtdan o‘zingiz uchun maksimal darajada naf bilan foydalaning!
Какая профессия мне нравится?
Выбор высшего учебного заведения зависит от того, какую профессию вы хотите получить. Допустим, вы решили стать юристом. Составьте список вузов, готовящих таких специалистов, и проанализируйте плюсы и минусы каждого. Узнайте, где сильнее профессорско-преподавательский состав, как проходят стажировки и стажировки, формат лекций. Обратите внимание на требования к дисциплине и учебному процессу со стороны администрации вуза.
Лучший способ получить всю необходимую информацию — поговорить с выпускниками или студентами, которые в настоящее время учатся на степень бакалавра. Братья-студенты очень дружелюбны и открыты и никогда не могут скрыть свои проблемы.
Это контракт или грант?
Конечно, каждому из нас хочется учиться на грантовой основе и учиться, не беспокоясь о плате за обучение. К сожалению, места на государственные гранты ограничены, а желающих учиться всегда много. Если вы зачислены на платной основе, подумайте о том, как вы будете платить за нее заранее, и имейте в виду, что стоимость будет увеличиваться не реже одного раза в год. При выборе вуза или учебного заведения учитывайте сумму контракта.
Государственное или негосударственное высшее образование? Местный или иностранный?
Все зависит от ваших интересов и способностей. Главное, чтобы учебное заведение имело государственную аккредитацию.
Где вы живете?
Это касается тех, кто планирует учиться в другом городе. Общежитие или съемная квартира? Первый вариант дешевле и точно будет веселее, но вам придется приспосабливаться к тамошним условиям, в том числе и к условиям проживания. Во втором случае вы устанавливаете уровень удобства, но за это приходится платить. Спойлер: вашей стипендии явно недостаточно!
Анализируя эти и другие факторы, имейте в виду, что впереди вас ждут увлекательные студенческие годы, полные новых знаний, знакомств и возможностей. Используйте это время по максимуму!
Источник: DTM.uz.

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:47:29
Pozitiv insonga xos bo`lgan qimmatli 10 odat Pozitiv insonga xos bo`lgan qimmatli 10 odat
Go’zallik va xunuklik haqida maqollar to’plami Go’zallik va xunuklik haqida maqollar to’plami
Toshkent shahrida 28-sentabrda qaysi maktablarda an’anaviy ta’lim boshlanishi aytildi Toshkent shahrida 28-sentabrda qaysi maktablarda an’anaviy ta’lim boshlanishi aytildi
Abdunabi Hamro hayoti, faoliyati, asarlari haqida Abdunabi Hamro hayoti, faoliyati, asarlari haqida
Ilm va kasb-hunar haqida maqollar to’plami Ilm va kasb-hunar haqida maqollar to’plami
Latif Mahmudov hayoti, ijodi, asarlari, faoliyati, tarjimai hol Latif Mahmudov hayoti, ijodi, asarlari, faoliyati, tarjimai hol
“Fast Education”dan eng samarali o‘qitish usullari haqida “Fast Education”dan eng samarali o‘qitish usullari haqida
Yevropaliklarni dahshatga solgan xitoycha go‘zallik Yevropaliklarni dahshatga solgan xitoycha go‘zallik
2021 Ona tili fanidan DTM testlar javobi bilan namunaviy testlar 2021 Ona tili fanidan DTM testlar javobi bilan namunaviy testlar
Isroilda haqiqiy quloqqa ega robot yaratildi Isroilda haqiqiy quloqqa ega robot yaratildi
PISA dasturi haqida PISA dasturi haqida
Telegram, Unigram, Telelight; Bir-biridan farqlanishi, asosiy tushunchalar Telegram, Unigram, Telelight; Bir-biridan farqlanishi, asosiy tushunchalar
Yangi yil bayrami uchun she’rlar to’plami Yangi yil bayrami uchun she’rlar to’plami
Iqtisod fanidan 2021-2022 ish rejalar to'plami 8-9-sinf Iqtisod fanidan 2021-2022 ish rejalar to'plami 8-9-sinf
2021-2022 geografiya fanidan variativ ish rejalar to'plami 2021-2022 geografiya fanidan variativ ish rejalar to'plami
Aqliy ishlash. Ko'p ishlash. Qay biri ustun? Aqliy ishlash. Ko'p ishlash. Qay biri ustun?
Fizika fanidan electron darsliklar, fizika kitoblari 6-11-sinf Fizika fanidan electron darsliklar, fizika kitoblari 6-11-sinf
Hayot siri (ibratli hikoya) Hayot siri (ibratli hikoya)
Masofaviy ta'lim asosida olgan bilimlar baholanadimi? Masofaviy ta'lim asosida olgan bilimlar baholanadimi?
Maktabdan quvilgan ammo taniqli bo'lishga erishgan shaxslar Maktabdan quvilgan ammo taniqli bo'lishga erishgan shaxslar