Aliment nima uchun to‘lanadi yoxud bolalar kelajagini sotib olish mumkinmi?
Yoshligimda do‘stimning ota-onasi ajralgani haqida eshitgandim. Uning boshqa tengdoshlarimiz bilan chiqishib ketishi qiyin bo‘lardi. Keyinchalik eshitishimizcha, uning o‘gay otasi bu «tekintomoq» uchun o‘zining otasi tomonidan aliment pullari berilayotgani sababli ona-bolani kaltaklayotgan ekan.
Bugun bunga o‘xshash voqealarni ko‘p uchratamiz. O‘tgan yil dekabr oyida Oliy Majlis quyi palatasi deputatlari tumanimizga tashrif buyurdi. Ular aynan ajrim masalasiga e’tibor qaratdi. Deputatlarning aholi bilan uchrashuvlarining birida qatnashdim. Ancha odam to‘plandi, uchrashuv qizg‘in ruhda, muhokamalarga boy tarzda o‘tdi. Uchrashuv so‘nggida bir bola deputatlarning birini etagidan tutib:
— Iltimos, mening ayamni olib kelib beringizlar, — dedi.
Hamma hayron. Mahalla raisidan so‘ralganda ularning ota-onasi ajralgani ma’lum bo‘ldi. Uchrashuv tugadi, hamma tarqaldi. Shu kuni kechga yaqin deputatlar bilan hokimlik binosida uchrashib qoldik, men o‘sha voqea haqida so‘radim. Ular holatni o‘rganib, ota aliment to‘lashdan qochib, bolani o‘z uyida olib qolgani haqida gapirdi.
Taajjublanasan kishi. Yaqinda MIB tuman bo‘limida bir ota o‘z qizi uchun 15 million so‘m pul berayotganiga guvoh bo‘ldim. Ona esa pullarni olgach, farzandining tarbiyasiga e’tiborli bo‘lish o‘rniga “uning kelajagi» uchun ishlashga chet elga ketdi…
Ota mehridan mosuvo bu farzandlar ona e’tiboridan ham mahrum bo‘layotgani, bu mavzuga kengroq yondashuvni talab etmaydimi? Yoki to‘lanayotgan aliment pullar ertamiz egalari bo‘lmish farzandlarimizning baxtli bo‘lishi uchun yetarli bo‘lsa, bu pullar ota yo ona mehrini bera oladimi?
Источник: Zarnews.uz

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:53:46
Telegram orqali plastik kartadan pul o‘g‘irlashning yangi usullari tarqaldi Telegram orqali plastik kartadan pul o‘g‘irlashning yangi usullari tarqaldi
O‘qituvchilarga ham majburiy yagona forma joriy etilganmi? O‘qituvchilarga ham majburiy yagona forma joriy etilganmi?
Prezident maktablariga kirish uchun topshiriladigan hujjatlar ro'yhati Prezident maktablariga kirish uchun topshiriladigan hujjatlar ro'yhati
Ichki turizm, ichki sayohatlar 40 foizgacha arzonlashtiriladi Ichki turizm, ichki sayohatlar 40 foizgacha arzonlashtiriladi
Geometriya fanidan electron darsliklar, geometriya kitoblari 7-11-sinf Geometriya fanidan electron darsliklar, geometriya kitoblari 7-11-sinf
Anton Chexov. Anton Chexov haqida: hayoti, asarlari, faoliyati Anton Chexov. Anton Chexov haqida: hayoti, asarlari, faoliyati
O’qituvchilarni grippga qarshi emlash harajatlarini kim qoplaydi? O’qituvchilarni grippga qarshi emlash harajatlarini kim qoplaydi?
DTM uchinchi kun test natijalarini 2022 e’lon qildi DTM uchinchi kun test natijalarini 2022 e’lon qildi
Tarbiyada tanaffus boʻlmaydi Tarbiyada tanaffus boʻlmaydi
Rus saytidagi onlayn olimpiadalar o’qituvchi ustamasiga ta’sir qiladimi? Rus saytidagi onlayn olimpiadalar o’qituvchi ustamasiga ta’sir qiladimi?
Farzandimga maktub (audio va matn shaklida) Farzandimga maktub (audio va matn shaklida)
Turkman tili va adabiyoti fanidan imtihon savollari 2022 9-11-sinf Turkman tili va adabiyoti fanidan imtihon savollari 2022 9-11-sinf
Geografiya fanidan 5-, 6-, 7-, 8-, 9-, 10- sinf yillik ish rejasi Geografiya fanidan 5-, 6-, 7-, 8-, 9-, 10- sinf yillik ish rejasi
Утверждена Концепция развития гражданского общества Утверждена Концепция развития гражданского общества
Maktabda “Bilim ring” bellashuvi Maktabda “Bilim ring” bellashuvi
Soch chiziqlaringiz shaxsingiz haqida nima deydi? Soch chiziqlaringiz shaxsingiz haqida nima deydi?
“Aqlli odam”, u – kim? aqlli odam haqida “Aqlli odam”, u – kim? aqlli odam haqida
O’qituvchilar koronavirusga bepul test topshirib dorilar bilan ta’minlanmoqda O’qituvchilar koronavirusga bepul test topshirib dorilar bilan ta’minlanmoqda
Biologiya fanidan barcha sinflar uchun 2020-2021 yillik ish rejalar Biologiya fanidan barcha sinflar uchun 2020-2021 yillik ish rejalar
Har yili 100 nafar xotin-qizning to‘lov-kontrakti hokimliklar tomonidan to‘lab beriladi Har yili 100 nafar xotin-qizning to‘lov-kontrakti hokimliklar tomonidan to‘lab beriladi