Tarbiyada tanaffus boʻlmaydi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19-yanvar kuni maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari boʻyicha oʻtkazilgan videoselektorda farzandlarimizga milliy qadriyatlarimiz ruhida taʼlim-tarbiya berish, maʼnaviyatli, maʼrifatli qilib oʻstirish, ularni turli yot gʻoyalar tahdididan himoya qilish, kelajakka intilib yashashga oʻrgatish va bunda ota-onalar masʼuliyatini oshirish muhimligiga eʼtibor qaratildi.
Yigʻilishda “Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot boʻlsa, uning joni va ruhi maʼnaviyatdir”, – dedi davlatimiz rahbari. Shu maʼnoda, tana hech qachon jon va ruhsiz bir butun boʻlolmaganidek, maʼnaviyatsiz, taʼlim-tarbiyasiz ham iqtisodiy rivojlanishga erishib boʻlmaydi. Mustaqil teran fikrga ega, oʻtmishga yuksak eʼtiqodi bor millatgina ezgulik, taraqqiyot yoʻlida gʻoyalari mushtarak holda rivojlana oladi. Maʼnaviy birlashuvi bilan yuksalgan xalqni esa hech qanday yot gʻoya oʻz domiga torta olmaydi, yoʻlidan ogʻdirolmaydi.
Mamlakatimizda xalq farovonligini oshirish, iqtisodiyotini rivojlantirish, yangi Oʻzbekistonni yangicha tamoyillar bilan barpo etish yoʻlida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Lekin “…yangi Oʻzbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi, bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi, ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli maʼnaviyat», – deydi Prezidentimiz.
Haqiqatan ham, oʻtmishni bilmasdan, oʻzlikni anglamasdan va uni hurmat qilmasdan turib kelajakka intilib boʻlmaydi. Buning uchun eng avvalo oilaviy qarashlarni oʻzgartirishimiz lozim. Bugun ming afsuski, ayrim ota-onalar “mening bolam gʻarbcha tarbiya olgan, gʻarbcha fikrlaydi” deb kerilib qoʻyishadi. Aslida biz gʻarbcha fikrlaydigan emas, milliy qadriyatlarimizga mos keladigan rivojlangan mamlakatlar tajribasi, taraqqiyotini hayotga tatbiq eta oladigan, milliy manfaatlarni ustun qoʻyadigan, dunyoviy bilimlarga ega farzandlarimiz bilan faxrlanishimiz kerak.
Tarbiyada tanaffus boʻlmasligi kerak. Oila, bogʻcha, maktab, oliy taʼlimda bu jarayon bir-birini toʻldirgan holda, uygʻunlikda davom etishi lozim. Ana oʻshanda kuchli maʼnaviyatga ega, dunyoqarashi keng, bilimli avlodni tarbiyalay olamiz. Albatta, farzandlar tarbiyasida jamiyat, mahalla yoki maktab emas, eng avvalo ota-ona masʼul. Yaʼni, har bir ota-ona oʻz farzandi uchun javobgar boʻlishi, masʼuliyatni his qilishi maqsadga muvofiq.
Nima boʻlganda ham tarbiya jamiyat, millat koʻzgusi. Bu koʻzguning darz ketishiga yoʻl qoʻymasligimiz, buning uchun birgalikda harakat qilishimiz zarur. Shundagina bu borada boshlagan barcha ishlarimiz amaliy natija berib, maqsadga erishamiz,
Umida RAHMONOVA,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi aʼzosi
«Если телом общественной жизни является экономика, то ее душой и духом является духовность», — сказал на совещании глава государства. В этом смысле, как тело никогда не может быть единым без души и духа, так и экономическое развитие невозможно без духовности и образования. Только народ с самостоятельной глубокой мыслью и твердой верой в прошлое может вместе развивать свои идеи на пути добра и развития. Никакая чужая идея не может соблазнить народ, поднявшийся духовным единством.
В нашей стране проводятся широкомасштабные реформы для повышения благосостояния народа, развития экономики и построения нового Узбекистана на новых принципах. Но «…когда мы решаем строить новый Узбекистан, мы опираемся на два крепких столпа. Во-первых, это сильная экономика, основанная на рыночных принципах. Второе — это богатое наследие наших предков и сильная духовность, основанная на национальных ценностях», — сказал Президент.
Действительно, невозможно смотреть в будущее, не зная прошлого, не понимая себя и не уважая его. Для этого мы должны сначала изменить отношения в семье. Сегодня, к сожалению, некоторые родители говорят: «Мой ребенок вырос на Западе, он мыслит на Западе». На самом деле мы должны гордиться нашими детьми, которые не мыслят по-западному, но имеют опыт развитых стран, соответствующий нашим национальным ценностям, умеют осуществлять свое развитие, ставят национальные интересы на первое место, иметь светские знания.
В обучении не должно быть перерывов. В семье, в детском саду, в школе, в вузе этот процесс должен идти гармонично, дополняя друг друга. Тогда мы сможем воспитать поколение с сильной духовностью, широким кругозором и знаниями. Конечно, именно родители, а не община, район или школа, несут ответственность за воспитание своих детей. Другими словами, каждый родитель должен нести ответственность за своего ребенка.
В любом случае образование является зеркалом общества и нации. Мы должны работать вместе, чтобы это зеркало не треснуло. Только тогда вся работа, начатая нами в этом направлении, даст практические результаты и достигнет цели,
Умида Рахмонова,
депутат Законодательной палаты Олий Мажлиса,
Член фракции Демократической партии «Миллий Тикланиш».
Источник: Xs.uz.

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:52:39
Diplom ilovasini pdf formatiga o‘tkazish Diplom ilovasini pdf formatiga o‘tkazish
Amalda foydalaniladigan bilim asl xazina, yoxud kompetensiya tushunchacining mohiyati xususida Amalda foydalaniladigan bilim asl xazina, yoxud kompetensiya tushunchacining mohiyati xususida
maktablarda matematika, kimyo va biologiya fanlari chuqurroq o‘rgatiladi maktablarda matematika, kimyo va biologiya fanlari chuqurroq o‘rgatiladi
Maktablarda o’quv yilini boshlash bo’yicha variantlar ko’rib chiqilmoqda Maktablarda o’quv yilini boshlash bo’yicha variantlar ko’rib chiqilmoqda
Psixologik test: Hayotingizga nima yetishmayapti? Psixologik test: Hayotingizga nima yetishmayapti?
Rasman: 2020-2021 Qabul kvotalari tasdiqlandi Rasman: 2020-2021 Qabul kvotalari tasdiqlandi
Prezident maktablarida kimlar o'qishi mumkin? Prezident maktablarida kimlar o'qishi mumkin?
2022-2023 1-11-sinf sinf soati WORD EXCEL 2022-2023 1-11-sinf sinf soati WORD EXCEL
Ona tili fanidan 5-9 sinflar uchun tarqatma materiallar Ona tili fanidan 5-9 sinflar uchun tarqatma materiallar
Kundalik hayotda kerak bo'ladigan psixologik usullar Kundalik hayotda kerak bo'ladigan psixologik usullar
Bu yil Prezident maktablariga o`quvchilar qay tartibda saralanadi? 2022 Bu yil Prezident maktablariga o`quvchilar qay tartibda saralanadi? 2022
O‘qituvchilar uchun davr talabi nima? O‘qituvchilar uchun davr talabi nima?
25-sentabr onlayn darslar jadvali 25-sentabr onlayn darslar jadvali
19-may efirga uzatiladigan television darslar jadvali 19-may efirga uzatiladigan television darslar jadvali
Smartfondan zudlik bilan o‘chirilishi kerak bo‘lgan ilovalar ma’lum qilindi Smartfondan zudlik bilan o‘chirilishi kerak bo‘lgan ilovalar ma’lum qilindi
Yiliga 200 ta kitob o‘qish siri Yiliga 200 ta kitob o‘qish siri
Chaqaloqqa ham kvartira hadya qilsa bo‘ladimi? Chaqaloqqa ham kvartira hadya qilsa bo‘ladimi?
Didaktik o’yinlar kitobi Didaktik o’yinlar kitobi
2021-yilgi davlat dasturi qabul qilindi. Muhokamalar natijalari qanday boʻldi? 2021-yilgi davlat dasturi qabul qilindi. Muhokamalar natijalari qanday boʻldi?
Qabul kvotasi tillar kesimida qachon taqsimlanadi? Qabul kvotasi tillar kesimida qachon taqsimlanadi?