Inklyuziv taʼlim — barcha uchun moʻljallangan taʼlim
Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashi 46-sessiyasidagi nutqida strategik yoʻnalishlar, jumladan, Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiyani ratifikatsiya qilish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Butun dunyoda qariyb 1 milliardga yaqin nogironligi boʻlgan shaxslar borligi haqida oʻylab, fikr yuritsak, bu nihoyatda ahamiyatli tashabbus ekaniga amin boʻlamiz.
Ushbu tashabbus mazmun-mohiyati haqida targʻibot ishlarini izchil yoʻlga qoʻyish, nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish masalalarida parlament nazoratini kuchaytirish dolzarb vazifalar hisoblanadi. Parlament Qonunchilik palatasida OʻzXDP fraksiyasi va Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi hamkorligida oʻtkazilgan davra suhbatida bu haqda deputatlar, nogironligi boʻlgan shaxslar manfaatlarini himoya qiladigan tashkilotlar mutasaddilari va mutaxassislari bu borada koʻplab fikr va takliflarni bildirishdi.
Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish katta va koʻplab omillarga bogʻliq soha. Shuning uchun bugun uning aynan bitta yoʻnalishi – inklyuziv taʼlimga batafsilroq toʻxtalib oʻtmoqchiman.
Inklyuziv taʼlim rasmiy taʼlim tushunchasidan ancha kengroq. Bu taʼlimda koʻproq oʻqishda, oʻrganishda imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlanadi.
Inklyuziv maktab oʻqituvchisi va inklyuziv bogʻchada tarbiyachi qanday sifatlarga ega boʻlish kerak? Inklyuziv taʼlimda oʻqituvchining kasbiy mahorati bosh omil hisoblanadi. Avvalo Oʻqituvchi inklyuziv tafakkurga ega boʻlishi va taʼlim sifati masʼuliyatini oʻz zimmasiga olishi shart.
Inklyuziv taʼlim berish oʻqituvchilar ishi sifatining asosiy mezonlari – oʻqituvchi oʻquvchilarning turli toifada ekanligiga qaramay barcha bolalarning huquqini himoya va hurmat qilishi.
Yana bir sifat – hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. Chunki oʻqituvchilar uchun hamkorlik va oʻzaro fikr almashish muhimdir.
Oʻqituvchi oʻz faoliyatini tizimli baholab borishi, muntazam malakasini oshirishi, alohida taʼlim ehtiyojlari bor bolalarning intizomli va muassasalar aro guruhlar bilan samarali ishlashi uchun liderlik hamda boshqaruv malakalarini qoʻllash, muammolarni birgalikda hal qilish, keng qamrovli maktab hamkorligini yoʻlga qoʻyish kabi xislatlarga ega boʻlish kerak.
Maʼlumki, inklyuziv taʼlimda maxsus taʼlim ehtiyojidagi bolalar barcha bolalar bilan birga maʼlum maqsadda turli qobiliyatlarga muvofiq guruhlashtiriladi.
Maxsus taʼlim aqliy, jismoniy tashqi koʻrinishga muvofiq amalga oshirilsa, inklyuziv taʼlim bolaning qobiliyati va imkoniyatlariga koʻra belgilanadi.
Maxsus taʼlim oʻqitishning maxsus va alternativ dasturlari orqali oʻqitilsa, inklyuziv taʼlim bolaga yoʻnaltirilgan va moslashtirilgan, yoʻriqnomali, barchaga moʻljallangan oʻquv dasturi asosida oʻqitiladi.
Inklyuziv taʼlimning oʻziga xos muhim jihati shundaki, bolalar va oʻqituvchi bir birlaridan oʻrganishadi hamda muammolarni birgalikda hal etishadi.
Bu taʼlim bir tomonlama boʻlmasligi kerak. Imkoniyati cheklangan bolada oʻziga boʻlgan ishonchni oshirish, koʻnikma va qobiliyatini rivojlantirish, yoshligidan oʻrganishni ragʻbatlantirishda oila ishtiroki muhim.
Inklyuziv taʼlim jarayonida ota-onalar bilan ishlash ham muhim. Taʼkidlash joizki, alohida ehtiyojli ota-onalarga ularning farzandlari jamiyatning bir boʻlagi boʻlish huquqiga ega ekanini tushuntirish, bu ishonchni ularning ongiga yetkazish kerak. Mamlakatimiz taʼlim tizimida bu masalaga alohida eʼtibor qaratiladi.
2020-yil oktyabrda qabul qilingan Prezidentimizning alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim-tarbiya berish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarori bunga misol boʻla oladi.
Unga koʻra, tajriba-sinov tariqasida shaharlarda va Toshkent shahrining tumanlarida joylashgan bittadan maktablarda inklyuziv taʼlim joriy qilinadi.
Qoraqalpogʻiston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan bittadan maktablarda alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun boshlangʻich tayanch sinflar ochiladi.
Qashqadaryo, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida joylashgan bittadan kasb- hunar maktabida ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari va alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashgan guruhlar tashkil etiladi.
Shuningdek 2021-2022 oʻquv yilida ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida majburiy oʻrta taʼlim 11 yillik (intellektual rivojlanishida nuqsonli bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab internatlarda 9 yillik muddatlarda amalga oshiriladi. Shuningdek, ularni kasbga oʻqitish kurslari tashkil etilib, bitiruvchilarga sertifikat beriladi.
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyani ratifikatsiya qilishga har tomonlama sharoit yaratilmoqda. Inklyuziv taʼlimni butun mamlakat boʻylab rivojlantirishga qaratilgan islohotlar bunga amaliy misol boʻladi, deb oʻylayman.
Oybarchin ABDULLAYEVA,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,
OʻzXDP fraksiyasi aʼzosi
Источник: Xs.uz.

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:53:43
Tarbiyada tanaffus boʻlmaydi Tarbiyada tanaffus boʻlmaydi
Qabul 2021 DTM yangiliklari. Bu yil qanday yangiliklar bor? Qabul 2021 DTM yangiliklari. Bu yil qanday yangiliklar bor?
17-oktabr onlayn darslar jadvali 17-oktabr onlayn darslar jadvali
Sirtqi ta’limdan kunduzgiga o’qishni ko’chirish mumkinmi? Sirtqi ta’limdan kunduzgiga o’qishni ko’chirish mumkinmi?
Sevgi she’rlari, sevgi haqida she’rlar to'plami Sevgi she’rlari, sevgi haqida she’rlar to'plami
“Oqila ayollar” harakati tashkil etildi, harakat vazifasihaqida “Oqila ayollar” harakati tashkil etildi, harakat vazifasihaqida
Yilning eng yaxshi imomi aniqlandi (O'zbekiston) Yilning eng yaxshi imomi aniqlandi (O'zbekiston)
2022-2023 Tarix fanidan ish rejalar WORD EXCEL 5-11-sinf 2022-2023 Tarix fanidan ish rejalar WORD EXCEL 5-11-sinf
O‘qituvchilarga majburiy tarzda konsert chiptalari sotilmoqdami? O‘qituvchilarga majburiy tarzda konsert chiptalari sotilmoqdami?
Test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirish (2022-2023-o‘quv yili uchun) Test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirish (2022-2023-o‘quv yili uchun)
O’zbek tili fanidan olimpiada savollari 9-, 10-, 11-sinf O’zbek tili fanidan olimpiada savollari 9-, 10-, 11-sinf
“Baqa yutgan” ayol taqdiri (hayotiy voqea) “Baqa yutgan” ayol taqdiri (hayotiy voqea)
Vazir sobiq deputat Kobul Dusov va XTV ishi haqida gapirdi Vazir sobiq deputat Kobul Dusov va XTV ishi haqida gapirdi
Rus tili DTM majburiy testlar 2022 javobi bilan Rus tili DTM majburiy testlar 2022 javobi bilan
O’qituvchilar uchun barcha fanlardan metodlar to’plami O’qituvchilar uchun barcha fanlardan metodlar to’plami
To‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlarga yana bir imkon berildi To‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlarga yana bir imkon berildi
Imtihon o‘tadigan xiyobon va stadionlar manzillari 2021-2022 Imtihon o‘tadigan xiyobon va stadionlar manzillari 2021-2022
RENESSANS — TA’LIM ISLOHOTLARI POYDEVORDIR RENESSANS — TA’LIM ISLOHOTLARI POYDEVORDIR
1-fevral Onlayn darslar jadvali 1-11-sinf 2022-yil 1-fevral Onlayn darslar jadvali 1-11-sinf 2022-yil
Eng baxtli bolalar yashaydigan 10 ta mamlakat Eng baxtli bolalar yashaydigan 10 ta mamlakat