“Talabalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi”ni tashkil etish taklif etilmoqda
Soʻnggi vaqtlarda koʻplab yoshlarning oliy oʻquv yurtlarida oʻqish uchun kontrakt toʻlovlarini toʻlashda qiyinchiliklarga uchrayotganliklari haqida murojaatlar boʻlmoqda.
Bu oʻz oʻrnida taʼlim kreditlarini berish tartibini qayta koʻrib chiqish va qoʻllab-quvvatlashning yangi mexanizmlarini joriy etishni taqazo etmoqda.
Ogʻriqlisi bir qator talaba yoshlar mablagʻi boʻlmaganligi sababli oʻqishni tashlab ketishga ham majbur boʻlishmoqda. Ushbu masala pandemiya sharoitida yana-da dolzarb boʻlib boryapti.
Amaldagi tartiblarga koʻra, tijorat banklari tomonidan berilgan taʼlim kreditlari boʻyicha:
— chin yetimlarga, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlarga hamda bolalikdan I va II guruh nogironlariga nol foiz stavkasi (foizsiz kredit);
— talabalarning qolgan toifalariga — 2020-yil 1-yanvardan boshlab foiz xarajatlarining bir qismini “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kompensatsiya qilish mexanizmidan foydalanish imkoniyati bilan bozor stavkalari belgilanadi.
Taʼlim kreditlari boʻyicha foiz stavkasi va tijorat banklari tomonidan qoʻshiladigan foizlar uchun toʻlovlar miqdori Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi oʻzgarishiga qarab oʻzgarishi mumkin, bu kredit shartnomasida qayd etilishi kerak.
Shuningdek, kam taʼminlangan oilalardan boʻlgan talabalar uchun kredit boʻyicha qoʻshilgan foizlarning 50 foizi tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlaridan toʻlanadi.
Koʻrsatib oʻtilgan imtiyozga ega boʻlgan oilalar kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq (Vazirlar Mahkamasining 44-son qaroriga 1-ilova) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan aniqlanadi.
Biroq, amaliyotda taʼlim krediti boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kompensatsiya qilish mexanizmidan foydalanishda qiyinchiliklar mavjud, qancha qismini kompensatsiya qilinishi aniq belgilanmagan.
Shuningdek, kam taʼminlangan oila ekanligini isbotlash jarayoni ham oson emas.
Talabalarga taʼlim kreditlari ajratilishini koʻpaytirish, yengillashtirish hamda belgilanadigan imtiyoz shartlarini umumlashtirish maqsadida biz alohida “Talabalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi”ni tashkil etish kerak, degan taklifni ilgari surmoqchimiz.
Ushbu jamgʻarmaning moliyaviy manbalari etib oshirilgan kontrakt toʻlovlarining, oliy taʼlim muassasalarida boʻsh turgan mablagʻlarni depozitga qoʻyishdan tushgan foydaning 5-10 foizi, xayriya mablagʻlari, shuningdek, “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi, Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlarining taʼlim krediti foizlarini kompensatsiya qilishga yoʻnaltirilgan qismi;
— qoldiq mablagʻlar shuningdek, zarur boʻlganda byudjet mablagʻlari etib belgilash;
jamgʻarma mablagʻlarini toʻlov shartnomasi asosida oʻqiyotgan birinchi va ikkinchi bosqich talabalarining 25 foiziga, bitiruvchi bosqich talabalarining 75 foiziga qolgan bosqichlarda oʻqiyotgan talabalarning esa 50 foiziga tijorat banklari tomonidan ajratilgan taʼlim kreditlari foizlarining yarmini, chin yetimlarga, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlarga hamda bolalikdan I va II guruh nogironlarga esa toʻliq toʻlashga yoʻnaltirish kerak boʻladi.
Ushbu taklifning qoʻllab-quvvatlanishi talaba yoshlarga yordam berish borasida davlat rahbari boshchiligida Oʻzbekistonda olib borilayotgan ishlarning yana bir amaliy natijasi boʻladi, degan umiddamiz.
Rasul Kusherbayev,
Jahongir Mamajonov,
Abdurashid Abduqodirov,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari
Источник: XS.uz.

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:50:15
Bilimga aylanayotgan o‘yinlarning nega o‘zbekchasi yo‘q? Bilimga aylanayotgan o‘yinlarning nega o‘zbekchasi yo‘q?
O’qituvchilik kasbi tarixi haqida O’qituvchilik kasbi tarixi haqida
Erkaklar huquqini kim himoya qiladi? Erkaklar huquqini kim himoya qiladi?
Siz ushbu arzimas sabablar tufayli hayotingizni buzmoqdasiz Siz ushbu arzimas sabablar tufayli hayotingizni buzmoqdasiz
Университет AKFA и Ташкентский международный университет образования будут сотрудничать в Университет AKFA и Ташкентский международный университет образования будут сотрудничать в
Taqdir va tadbir haqida maqollar to’plami Taqdir va tadbir haqida maqollar to’plami
Pedkadr.tdi.uz malaka toifa sertifikatini yuklab olish tartibi Pedkadr.tdi.uz malaka toifa sertifikatini yuklab olish tartibi
"Tabiiy fanlar" (Science) necha soat o'qitiladi? "Tabiiy fanlar" (Science) necha soat o'qitiladi?
Prezident maktabi imtihonlari uchun ruxsaatnoma olish yo’llari Prezident maktabi imtihonlari uchun ruxsaatnoma olish yo’llari
Android telefonlarni ko'zi ojizlar uchun moslash Android telefonlarni ko'zi ojizlar uchun moslash
Haqiqiy muhabbat 7 bosqichdan so`ng boshlanadimi? Haqiqiy muhabbat 7 bosqichdan so`ng boshlanadimi?
Murojaatnomada aytilgan ta’limga oid eng muhim gaplar Murojaatnomada aytilgan ta’limga oid eng muhim gaplar
Test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirish (2022-2023-o‘quv yili uchun) Test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirish (2022-2023-o‘quv yili uchun)
O‘qituvchilar maktabga qanday kiyimda kelishlari kerak? O‘qituvchilar maktabga qanday kiyimda kelishlari kerak?
Xorij diplomlari O’zbekistonda tan olinmaydigan holatlar Xorij diplomlari O’zbekistonda tan olinmaydigan holatlar
Yosh tadbirkorlarga 5 ta oddiy maslahat Yosh tadbirkorlarga 5 ta oddiy maslahat
Smartfondan zudlik bilan o‘chirilishi kerak bo‘lgan ilovalar ma’lum qilindi Smartfondan zudlik bilan o‘chirilishi kerak bo‘lgan ilovalar ma’lum qilindi
9-sinflar uchun elektron darsliklar, kitoblar barcha fanlardan 9-sinflar uchun elektron darsliklar, kitoblar barcha fanlardan
7-11-sinf Fizika ish reja 2022-2023 taqvimiy mavzu rejalar 7-11-sinf Fizika ish reja 2022-2023 taqvimiy mavzu rejalar
Mantiqiy savollar javobi bilan 300 ta qiziqarli va hazil savollar Mantiqiy savollar javobi bilan 300 ta qiziqarli va hazil savollar