💊Doprokin tabletka — ko’ngil aynish va qayt qilishga qarshi samarali vosita.
#Doprokin tabletka
#Допрокин таблетка
💊Dori shakli : tabletka — 10 mg
💊Tarkibi : Domperidon — 10 mg
💊Ta’sir qilishiga ko’ra 👇
Me’da ichak harakatini stimullaydi va funksional buzilishlarni davolaydi.
Ko’ngil aynib , qusishga qarshi vosita.
💊Qo’llanilishi 👇
— Me’da ichak motorikasini rag’batlantiradi.
— Ko»ngil ayniganda
— Qusishda
💊Qabul qilish usuli 👇
Doprokin tabletkasini ovqatlanishdan oldin chaynamasdan yetarlicha suv bilan qabul qilinadi. Sutkasiga 1 tabletkadan 3 mahal qabul qilinadi.
🔴Nojo»ya ta’siri 👇
— Yurak tez urishi
— Terida toshma
— Teri qichishishi
❌Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar 👇
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda
— Me’da ichakdan qon ketish holatlarida
— Ichak tutilishida
— Me’da ichak ning teshilishida ( perforatsiya ) da
— Jigar faoliyatining og’ir va o’rtacha buzilishlarida
— Ketokonazol , eritromitsin, flukonazol , amiodaron , klaritromitsin kabi dori preparatlar bilan birga qo’llash mumkin emas. Ya’ni zamburug’ga qarshi antibiotiklar va virusga qarshi preparatlar bilan birgalikda qo’llash mumkin emas .
— Emizish davrida qabul qilish mumkin emas.
💊ESLATMA : 👇
💥Homiladorlik davrida preparatni homiladorlikning birinchi 3 oyligidan keyin va faqatgina ko»ngil aynish holatlarida qabul qilish mumkin. Har doim va doimiy qabul qilib bo’lmaydi. Emizish davrida qabul qilishga to’g’ri kelsa emizishni to’xtatish kerak.
💥Ko’ngil aynib qayd qilish ga qarshi preparatlardan metoklopramidni xomiladorlik va emizish davrida qabul qilib bo’lmaydi ( homiladorlikning barcha davrida ham mumkin emas).
💥Ko»ngil aynib qayd qilishga qarshi yana bir vosita bor motonium degan. Motoniumni ham homiladorlikning birinchi 3 oylikdan keyingi vaqtda qabul qilish mumkin. ( Faqat ko’ngil aynib qayd qilish holatlarida gina . Esda saqlang ).
💥Uzoq yo’lga , safarga chiqadiganlar yo’lda ko»ngil aynib , qayd qiladigan larni ko’p ko’ramiz. Shu vaqtda doprokindan 2 ta tabletkani ( bir qabulda ) ovqatlanishdan oldin qabul qilib olinsa , yo’lga chiqishdan oldin juda yaxshi samara beradi. ( sinalgan ).
💉Qo’llash — retseptsiz
💉Ishlab chiqaruvchi — Turkiya