Dunyodagi eng kichik mamlakatlar
Har bir kichik mamlakatning o‘ziga xos yutuqlari bor. Ushbu maqolada mitti bo‘lsa-da, davlat maqomiga ega, kengligi bilan maqtana olmaydigan dunyodagi eng kichik mamlakatlar haqida bilib olamiz.
Vatikan

Vatikan dunyodagi eng kichik davlatlar o‘ntaligi ro‘yxatida birinchi o‘rinda turadi. Bu bor-yo‘g‘i 0,44 kvadrat kilometr maydonga ega va ularning hech biri Vatikan fuqaroligiga ega bo‘lmagan 840 nafar aholi istiqomat qiladigan mamlakatdir. Davlat chegarasining uzunligi atigi 3,2 kilometrni tashkil qiladi. Ushbu kichik mamlakat 852 metrlik temir yo‘l liniyasiga ega. Qizig‘i, Vatikan deyarli hech qanday nikoh va bola tug‘ilishi qayd etilmaydigan mamlakat.
Monako

Monako Vatikandan keyingi eng kichik mamlakatdir. Mamlakat dunyoda aholisi eng zich joylashgan davlatlardan biri hisoblanadi — u yerdagi 2,02 kvadrat kilometr maydonda 35 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi.
Quruqlik va dengiz chegaralarining umumiy uzunligi 9 kilometrni tashkil etadi. Ushbu mamlakatning barcha ko‘chalarini aylanib chiqish uchun bir soatdan ziyodroq vaqt kerak. Yana bir qiziqarli ma’lumot: Monakoda dunyoda bir kishiga eng ko‘p politsiyachilar soni to‘g‘ri keladi, 35 ming aholiga 500 nafar qonun posboni xizmat qiladi. Shuningdek, bu davlatni boylar panohi deb atash mumkin: aholining 80 foizdan ortig‘i soliq to‘lamaydigan chet elliklardan iborat.
O’qing: Eng o‘qimishli mamlakatlar o‘ntaligi
Nauru

Nauru dunyodagi eng mayda davlatlar orasida uchinchi o‘rinni egallaydi. Mamlakat uzunligi 5,5, kengligi esa 4 kilometr bo‘lgan orolda joylashgan bo‘lib, respublikaning umumiy maydoni 21,3 kvadrat kilometrni, aholisi esa 11 ming kishini tashkil qiladi. Nauru dunyodagi rasmiy kapitalga ega bo‘lmagan yagona davlatdir. Shuningdek, bu davlat dunyoda pivo tayyorlanmaydigan yigirmata davlat ro‘yxatiga kiritilgan.
Tuvalu

Tuvalu 26 kvadrat kilometr maydonda joylashgan. Tuvalu aholisi taxminan 12 ming kishini tashkil etadi, ularning yarmi davlat poytaxti Funafuti shahrida yashaydi. Tuvalu dunyodagi eng qashshoq davlatlardan biridir. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, ushbu orolda joylashgan davlat atigi 30-50 yil ichida butunlay Tinch okeani suvlari ostida qolishi mumkin.
San-Marino

Eng qadimiy konstitutsiyaviy respublika hisoblangan San-Marino 61 kvadrat kilometrni egallaydi. Aholisi esa 32 ming kishi. Qiziq tomoni, mamlakatning San-Marino tashkil etilgan kundan boshlab tarixni hisoblaydigan o‘z taqvimi bor, shu sababli hozirda u yerda XVII asr. Darvoqe, San-Marino dunyodagi eng boy davlatlardan biri hisoblanadi.
Lixtenshteyn

Lixtenshteyn – 160 kvadrat kilometrda joylashgan davlat. Ushbu mamlakat aholisi soni 34 ming kishini tashkil etadi, ularning uchdan bir qismi chet elliklardir. Bu mamlakat dunyoda aholi jon boshiga daromadlari bo‘yicha dunyoda eng yuqori ko‘rsatkichga ega.
O’qing: Dunyoning eng kichik lekin katta ta’sirga ega bo‘lgan 10 ta mamlakati
Marshall orollari

34 orolning joylashuvi taxminan 2000 yil oldin sodir bo‘lgan Marshall orollari – Tinch okeanining eng kichik davlati hisoblanadi. Mamlakat maydoni 181 kvadrat kilometr, aholisi esa 62 ming kishi. Mahalliy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 72 yosh.
Sent Kitts va Nevis

Mamlakat ikki orolda joylashgan va 261,1 kvadrat kilometr maydonni egallaydi. Aholisi 90 foiz afrikaliklardan iborat ushbu Karib dengizi mamlakatining fuqarolari taxminan 50 ming kishini tashkil etadi.
Seyshel orollari

Seyshel orollari 455 kvadrat kilometrni egallaydi va u yerda 81 ming kishi istiqomat qiladi. Mamlakat poytaxti Viktoriya dunyodagi eng kichik poytaxt-shahar hisoblanadi.
Maldiv orollari

Maydoni 298 kvadrat kilometr, aholisi 396 ming kishi bo‘lgan Maldiv orollari Osiyodagi eng kichik mamlakatdir. Aholining uchdan ikki qismi poytaxt Male shahrida istiqomat qiladi. Respublika dunyodagi eng yassi mamlakat hisoblangani bois “Ginnesning rekordlar kitobi”ga kiritilgan. Bundan tashqari, orollar eng barqaror iqlimga ega.
Ватикан
Ватикан входит в десятку самых маленьких стран мира. Он занимает площадь всего 0,44 квадратных километра и является домом для 840 граждан, не являющихся гражданами Ватикана. Протяженность государственной границы всего 3,2 километра. В этой маленькой стране есть 852-метровая железнодорожная ветка. Интересно, что Ватикан — страна, где практически не регистрируются браки и рождения.
Монако
Монако — самая маленькая страна после Ватикана. Страна является одной из самых густонаселенных стран мира — имеет площадь 2,02 квадратных километра и население около 35 тысяч человек.
Общая протяженность сухопутных и морских границ составляет 9 километров. Чтобы пройтись по всем улицам этой страны, потребуется больше часа. Еще один интересный факт: в Монако самое большое количество полицейских на душу населения в мире: 500 сотрудников правоохранительных органов обслуживают население в 35 000 человек. Это также рай для богатых: более 80 процентов населения освобождены от налогов.
Читайте: 10 самых образованных стран
Науру
Науру — третья самая маленькая страна в мире. Страна расположена на острове длиной 5,5 км и шириной 4 км, общей площадью 21,3 кв. км и населением 11 000 человек. Науру — единственная страна в мире без официальной столицы. Это также одна из 20 стран мира, где не варят пиво.
Тувалу
Тувалу занимает площадь 26 квадратных километров. Население Тувалу составляет около 12 000 человек, половина из которых проживает в столице штата Фунафути. Тувалу — одна из беднейших стран мира. Исследователи говорят, что островное государство может полностью погрузиться в Тихий океан всего за 30-50 лет.
Сан-Марино
Сан-Марино, старейшая конституционная республика, занимает 61 кв. км. Население составляет 32 000 человек. Интересно, что в стране есть свой календарь, который восходит к основанию Сан-Марино, так что сейчас он там в 17 веке. Кстати, Сан-Марино — одна из самых богатых стран мира.
Лихтенштейн
Лихтенштейн — государство площадью 160 квадратных километров. Население страны составляет 34 000 человек, треть из которых составляют иностранцы. Здесь один из самых высоких доходов на душу населения в мире.
Читать:10 самых маленьких, но самых влиятельных стран мира
Маршалловы острова
На 34 островах расположены Маршалловы острова, самое маленькое государство в Тихом океане, основанное примерно 2000 лет назад. Страна занимает площадь 181 кв. км и имеет население 62 000 человек. Средняя продолжительность жизни местного населения составляет 72 года.
Сент-Китс и Невис
Страна расположена на двух островах и занимает площадь 261,1 квадратных километров. Население этой карибской страны, где 90 процентов населения составляют африканцы, составляет около 50 000 человек.
Сейшелы
Сейшельские острова занимают площадь 455 квадратных километров и являются домом для 81 000 человек. Столица страны, Виктория, является самой маленькой столицей в мире.
Мальдивы
Имея площадь 298 квадратных километров и население 396 000 человек, Мальдивы являются самой маленькой страной в Азии. Две трети населения проживает в столице Мале. Республика занесена в Книгу рекордов Гиннеса, потому что это самая плоская страна в мире. Кроме того, на островах самый стабильный климат.
Источник: Zarnews.uz

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:57:31
Farid Usmon. Farid Usmon haqida: hayoti, asarlari, faoliyati Farid Usmon. Farid Usmon haqida: hayoti, asarlari, faoliyati
Milliy gvardiya Harbiy musiqa akademik litseyi tashkil etildi Milliy gvardiya Harbiy musiqa akademik litseyi tashkil etildi
Koronavirus moda olamiga qanday ta’sir qilmoqda? Koronavirus moda olamiga qanday ta’sir qilmoqda?
Bu yil maktab darsliklariga kiritilgan yangiliklar Bu yil maktab darsliklariga kiritilgan yangiliklar
Reyting: Dunyoning eng yaxshi universitetlari 2022 Reyting: Dunyoning eng yaxshi universitetlari 2022
Matematika fanidan onlayn olimpiada testlari to’plami Matematika fanidan onlayn olimpiada testlari to’plami
Talabalikka tavsiya etilmagan pedagoglar uchun 1000 ta kvota ajratilgan Talabalikka tavsiya etilmagan pedagoglar uchun 1000 ta kvota ajratilgan
Ruboiy nima? Ruboiy haqida ma'lumot Ruboiy nima? Ruboiy haqida ma'lumot
Аniq fanlar metodbirlashma hujjatlari yuklab olish Аniq fanlar metodbirlashma hujjatlari yuklab olish
29-sentabr onlayn maktab darslari barcha videolar (1-11 sinf) 29-sentabr onlayn maktab darslari barcha videolar (1-11 sinf)
Xiyonat haqida 10 ta fakt. Buni bilishingiz shart! Xiyonat haqida 10 ta fakt. Buni bilishingiz shart!
Yangi ishga kirgan insonga 5 ta maslahat! Yangi ishga kirgan insonga 5 ta maslahat!
O‘qituvchilarga ustama pullari Adliya aralashuvi bilan to‘lab berildi O‘qituvchilarga ustama pullari Adliya aralashuvi bilan to‘lab berildi
Masofadan tahsil olish oliy ta’limga xosdir, ammo maktabga emas.. Masofadan tahsil olish oliy ta’limga xosdir, ammo maktabga emas..
Abituriyentlar diqqatiga! 2021-2022 shoshiling, ulgurib qoling! Abituriyentlar diqqatiga! 2021-2022 shoshiling, ulgurib qoling!
Mo'g'ul imperatori Chingizxonning o'limiga yana bir sabab aniqlandi Mo'g'ul imperatori Chingizxonning o'limiga yana bir sabab aniqlandi
Najib Mahfuz. Najib Mahfuz haqida: hayoti, asarlari, faoliyati Najib Mahfuz. Najib Mahfuz haqida: hayoti, asarlari, faoliyati
Sayyor (Sayyorpoʻlat Fayzullayev) hayoti, asarlari, tarjimai hol Sayyor (Sayyorpoʻlat Fayzullayev) hayoti, asarlari, tarjimai hol
Soʻfiy Olloyor hayoti, ijodi, asarlari, faoliyati, tarjimai hol Soʻfiy Olloyor hayoti, ijodi, asarlari, faoliyati, tarjimai hol
Sherzod Shermatov internetda muhokamalarga sabab bo‘layotgan achinarli ahvoldagi sinfxonalar bo‘yicha munosabat bildirdi Sherzod Shermatov internetda muhokamalarga sabab bo‘layotgan achinarli ahvoldagi sinfxonalar bo‘yicha munosabat bildirdi