Huquqiy madaniyatni yuksaltirishda jamoatchilik ta’siri qanday?
X asrda yashab o‘tgan ulug‘ alloma va shoir Abubakr Abulxayrdan “Haqiqat nima?” deb so‘raganlarida “Haqiqat – barcha narsalarning ilmda zohir bo‘lishi”, deb javob bergan ekan. Darhaqiqat, ilm barcha narsalarning haqiqatga aylanishidir. Inson esa doim haqiqat izlash tarafdori bo‘lib kelgan.
Jizzax politexnika institutida bo‘lib o‘tgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi ishtirokchilari ham tom ma’noda haqiqat izlovchilari bo‘ldi. “Yuksalish” umummilliy harakati Jizzax viloyat hududiy bo‘linmasi hamda viloyat “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazi hamkorligida “Huquqiy madaniyatni yuksaltirishda jamoatchilik ta’sirini oshirishning innovatsion omillari” mavzusida tashkil etilgan konferensiya ilm vakillarini bir davra atrofida birlashtirdi.
Tadbirda mamlakatimizning turli oliy ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan ilm-fan namoyandalari, professor-o‘qituvchilar, mustaqil izlanuvchi-tadqiqotchilar, ilmiy va ommabop jurnallar muharrirlari, magistrant va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
– Mazkur konferensiya nafaqat tanlangan mavzuning dolzarbligi, balki nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan uyushtirilayotganligi bilan ham muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi Samarqand davlat universiteti falsafa fanlari doktori, professor Jo‘raboy Yaxshilikov.
Konferensiya ishida “GloTurLife” xalqaro jurnali muharriri Husan Akbarovning “Andijon viloyatining tabiat yodgorliklari hamda uning muhofazasiga oid chora-tadbirlar” mavzusidagi chiqishi ishtirokchilarda yorqin taassurot qoldirdi.
Shuningdek, tadbirda so‘z olganlar jamiyat huquqiy madaniyat, inson huquqlarini ta’minlash, boshqaruv jarayonida qaror qabul qilishda jamoatchilik ta’sirini oshirish, milliy yuksalish sharoitida siyosiy partiyalarning roli va mas’uliyatini oshirish kabi mavzularida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Tadbir so‘ngida faol ishtirok etgan ilmiy xodim va pedagoglarga maxsus sertifikatlar topshirildi.
Abdug‘affor Abdurahmonov,
“Yuksalish” umummilliy harakati Jizzax viloyati hududiy bo‘linmasi koordinatori.
Настоящими искателями истины были и участники республиканской научно-практической конференции, проходившей в Джизакском политехническом институте. Конференция организована Джизакским областным отделением Юксалишского национального движения совместно с региональным исследовательским центром «Истикбол».
В мероприятии приняли участие ученые, профессора, независимые исследователи, редакторы научных и популярных журналов, магистранты и студенты, работающие в различных высших учебных заведениях страны.
«Эта конференция важна не только из-за актуальности выбранной темы, но и потому, что она организована неправительственными организациями», — сказал профессор Джурабой Яхшиликов, доктор философских наук Самаркандского государственного университета.
Хусан Акбаров, редактор международного журнала GloTurLife, выступил на конференции «Памятники природы Андижанской области и меры по их охране».
Спикеры также говорили о таких вопросах, как правовая культура общества, права человека, усиление общественного влияния на принятие решений в сфере управления, повышение роли и ответственности политических партий в контексте национального роста.
В конце мероприятия были вручены специальные сертификаты исследователям и педагогам, принявшим активное участие.
Абдугаффор Абдурахмонов,
Координатор Джизакского областного отделения национального движения «Юксалиш».
Источник: Zarnews.uz

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:54:06
G’oyaviy charxpalak metodi, afzalliklari va kamchiliklari G’oyaviy charxpalak metodi, afzalliklari va kamchiliklari
2021-2022 abituriyent darsliklar royhati test tushadigan darsliklar 2021-2022 abituriyent darsliklar royhati test tushadigan darsliklar
Psixologik test: Siz qanday suhbatdoshsiz? Psixologik test: Siz qanday suhbatdoshsiz?
Endi o‘quvchilar shahodatnomasida milliy musiqa cholg‘u asbobini chala olish mahorati qayd etiladi Endi o‘quvchilar shahodatnomasida milliy musiqa cholg‘u asbobini chala olish mahorati qayd etiladi
Geografiya fanidan 5-9 sinflar uchun testlar javoblari bilan Geografiya fanidan 5-9 sinflar uchun testlar javoblari bilan
Taraqqiyot ko'ngillardan boshlanadi Taraqqiyot ko'ngillardan boshlanadi
Omon Matjon haqida: hayoti, asarlari, faoliyati, tarjimai hol Omon Matjon haqida: hayoti, asarlari, faoliyati, tarjimai hol
Ijodiy imtihonlar uchun yo’riqnoma ishlab chiqildi Ijodiy imtihonlar uchun yo’riqnoma ishlab chiqildi
Zamonaviy o‘qituvchiga kerak bo‘lgan 8 ta asosiy xislat Zamonaviy o‘qituvchiga kerak bo‘lgan 8 ta asosiy xislat
Testlar boshlanmoqda! Test sinovlarini o'tkazish tartibi 2022 Testlar boshlanmoqda! Test sinovlarini o'tkazish tartibi 2022
⚡️ O‘qituvchilarning oylik maoshi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 15 baravarigacha oshiriladi ⚡️ O‘qituvchilarning oylik maoshi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 15 baravarigacha oshiriladi
O'qituvchi obro'sini oshirish uchun nima qilish kerak? O'qituvchi obro'sini oshirish uchun nima qilish kerak?
Tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida a’naviy ta’lim shakliga ruxsat berildi Tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida a’naviy ta’lim shakliga ruxsat berildi
My.dtm.uz kirish paroli yo’qolib qolsa qanday tiklanadi? My.dtm.uz kirish paroli yo’qolib qolsa qanday tiklanadi?
Oila va qo’shnichilik haqida maqollar to’plami Oila va qo’shnichilik haqida maqollar to’plami
Vola haqida ma'lumot. Vola hayoti va ijodi. Tarjimai hol Vola haqida ma'lumot. Vola hayoti va ijodi. Tarjimai hol
Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha Prezident sovrini ta’sis etiladi Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha Prezident sovrini ta’sis etiladi
Maktab sog’inchi, karantinda yozilgan she’rlar to’plami Maktab sog’inchi, karantinda yozilgan she’rlar to’plami
Qaysi erkak imejingizga mos? Tanlovingiz sirlaringizni oshkor qiladi Qaysi erkak imejingizga mos? Tanlovingiz sirlaringizni oshkor qiladi
Anna Axmatova. Anna Axmatova haqida: hayoti, asarlari, faoliyati Anna Axmatova. Anna Axmatova haqida: hayoti, asarlari, faoliyati