Davlat xizmatchilari faoliyati qanday baholanishi kerak?
“Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da Davlat dasturida davlat fuqarolik xizmatida kadrlarni tanlash, ularning malakasini oshirish va faoliyatini baholash boʻyicha samarali va ochiq tizimni joriy etish belgilandi.
Shu oʻrinda savol tugʻiladi: Davlat fuqarolik xizmatida samarali va ochiq baholash tizimi nima? Davlat xizmatchilari faoliyati qanday baholanishi kerak?
Umumiy mezonlar sifatida quyidagilarni nazarda tutish mumkin: davlat xizmatchilarining samarali va sifatli ishlashi uchun motivatsiya mavjudligi; davlat xizmatchilari tomonidan bajariladigan funksiyalarning jamiyat ehtiyojlariga muvofiqligi; fuqarolar bilan davlat xizmatchilari oʻrtasida munosabatlarning ijobiyligi; davlat organlari faoliyatining shaffofligi.
Davlat xizmatchilari faoliyatini baholashda asosiy urgʻu fuqarolar bilan ishlash tizimiga qaratiladi. Jumladan, mamlakatimizda bugungi kunda davlat xizmatchilar faoliyatini baholashda mahallalarda amalda qanday oʻzgarishiga qarab belgilash nazarda tutilmoqda. Bu esa davlat xizmatchilarini xalq bilan ishlashga undaydi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 26-yanvar kuni barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash masalalari boʻyicha yigʻilishda mazkur masalaga alohida urgʻu berdi. Barcha darajadagi rahbarlarga oʻz sohasi boʻyicha mahallalardagi holatni oʻrganish, “oʻsish nuqtalari”ni aniqlab, ularni rivojlantirish vazifasini qoʻydi.
Albatta, mazkur ishlash tizimini amaldagi qonunchilikda mustahkamlash muhim ahamiyatga ega. Natijada mazkur tartib huquqiy jihatdan tizimli koʻrinishga keladi.
Xorijiy mamlakatlarda ham davlat xizmatchilari faoliyatini baholashda fuqarolar bilan oʻzaro munosabatlari doirasiga qarab belgilash tizimi amal qiladi. Mazkur tizim “natija koʻrsatkichlari” (“outcome measures”) bilan bogʻliq boʻlib, fuqarolarga koʻrsatiladigan davlat xizmatining sifati va fuqarolar muammolarini oʻrganish holatlariga qarab mezonlar belgilanadi.
Misol uchun, Buyuk Britaniyada 2006-yil 6-iyunda Davlat xizmatining kodeksi qabul qilingan boʻlib, unga muvofiq davlat xizmatchilari faoliyatini baholashning asosiy mezoni xalq bilan muloqotda vijdonlilik, halollik va xolislikka amal qilish hisoblanadi.
Mamlakatimizda “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasida davlat xizmatchilari faoliyatini baholash tartibi nazarda tutilgan. Jumladan, faoliyat samaradorligini baholash tizimi davlat organi va tashkilotining, ularning davlat fuqarolik xizmati faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash kompleks choralaridan iborat.
Davlat fuqarolik xizmatchisining faoliyati samaradorligini baholash predmeti boʻlib hisobot davri yakuni boʻyicha u tomonidan oʻrnatilgan individual asosiy samaradorlik koʻrsatkichiga erishish darajasi hisoblanadi. Hisobot davri davlat organi va tashkiloti tomonidan asosiy samaradorlik koʻrsatkichining xususiyatidan kelib chiqqan holda oʻrnatiladi. Asosiy samaradorlik koʻrsatkichini ishlab chiqish va tasdiqlash hamda uning prognozli belgilari baholanuvchi xodim bilan birgalikda uning bevosita rahbari tomonidan koʻrib chiqiladi.
Davlat fuqarolik xizmatchisining faoliyat samaradorligini baholash ularni individual asosiy samaradorlik koʻrsatkichiga erishish darajasi asosida bevosita rahbarlari tomonidan koʻrib chiqiladi. Asosiy samaradorlik individual koʻrsatkichining erishilgan darajasiga qarab, davlat fuqarolik xizmatchisiga quyidagi baholardan biri qoʻyiladi: “namunali”, “aʼlo”, “yaxshi”, “qoniqarli”, “past darajada”, “qoniqarsiz”.
Davlat fuqarolik xizmatchisining faoliyat samaradorligini baholash tizimini tatbiq qilish tartibi asosiy samaradorlik koʻrsatkichi asosida davlat fuqarolik xizmati masalalari boʻyicha vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Demak, davlat xizmatchilari faoliyatini baholashda xalq bilan muloqot qilish asosiy mezon vazifasini bajaradi. Davlat dasturi asosida mazkur masala amalda roʻyobga chiqsa, bu xalqimiz manfaatlariga xizmat qiladi.
Dilmurod Ortiqov,
TDYUU maʼmuriy va moliya huquqi
kafedrasi katta oʻqituvchisi
Источник: Xs.uz.

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:53:43
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari jismoniy tarbiya fanidan dars bera oladimi? Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari jismoniy tarbiya fanidan dars bera oladimi?
25-sentabr onlayn darslar jadvali 25-sentabr onlayn darslar jadvali
Xuan Ramon Ximenes hayoti, asarlari, mukofotlari haqida Xuan Ramon Ximenes hayoti, asarlari, mukofotlari haqida
2022-2023 8-sinflar uchun ish rejalar WORD EXCEL 2022-2023 8-sinflar uchun ish rejalar WORD EXCEL
DTM mondat 2020 test natijalari qachon chiqishini ma’lum qildi DTM mondat 2020 test natijalari qachon chiqishini ma’lum qildi
O‘zbekiston OTMlarida masofaviy ta’lim tartibi ma’lum qilindi O‘zbekiston OTMlarida masofaviy ta’lim tartibi ma’lum qilindi
Ta’lim muassasalarida qishki ta’tilni tashkil etish tartibi belgilandi Ta’lim muassasalarida qishki ta’tilni tashkil etish tartibi belgilandi
Yagona maktab formasi rasman bekor qilindi Yagona maktab formasi rasman bekor qilindi
Maktab formasi butunlay bekor qilindimi? Maktab formasi butunlay bekor qilindimi?
Kollej va texnikum imtihon natijalari 2022 e'lon qilindi Kollej va texnikum imtihon natijalari 2022 e'lon qilindi
Endi maktabga istalgan kiyimda kelish mumkinmi? Endi maktabga istalgan kiyimda kelish mumkinmi?
Ona tili haqida qo'shiqlar, til bayrami mp3 qo'shiqlari Ona tili haqida qo'shiqlar, til bayrami mp3 qo'shiqlari
Til haqida she’r, til bayramiga she’rlar, eng yangi she’rlar Til haqida she’r, til bayramiga she’rlar, eng yangi she’rlar
Til bayramiga audio she'rlar, eng yaxshi she'rlar to'plami Til bayramiga audio she'rlar, eng yaxshi she'rlar to'plami
Til haqida rivoyat, Ona tili rivoyatlar to'plami Til haqida rivoyat, Ona tili rivoyatlar to'plami
Ona tili haqida sahna ko'rinishlari to'plami, tadbirlar uchun Ona tili haqida sahna ko'rinishlari to'plami, tadbirlar uchun
Maktablarda raqamli kutubxona joriy etilmoqda Maktablarda raqamli kutubxona joriy etilmoqda
7-sinf ona tili audio matnlari, yangi darslik audiolari 7-sinf ona tili audio matnlari, yangi darslik audiolari
Milliy ta’lim resurslari YouTube kanali zamonaviy kasblarni bepul o‘rgatmoqda Milliy ta’lim resurslari YouTube kanali zamonaviy kasblarni bepul o‘rgatmoqda
Energiyani o'g'irlaydigan odatlar Energiyani o'g'irlaydigan odatlar