Har bir ota-onaning voyaga yetmagan bolalarining oldidagi huquq va majburiyatlari qanday boʻlishi lozim?
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XIV-bobi “Oila” bobi boʻlib, ushbu bobga muvofiq, oila jamiyatning asosiy boʻgʻini ekanligi hamda jamiyat va davlat muhofazasidaligi hamda ota-onalar oʻz farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majbur ekanliklari davlatning bosh qomusida bejizga belgilab qoʻyilmaganligidandir.
Hozirgi vaqtda, oila qurgan yoshlar hattoki oʻrta yoshdan katta jamiyat fuqarolari tomonidan eng achinarlisi oʻz farzandlarini sotish holatlari hamda turmushdan erta ajralish darajalari juda koʻpayib ketayotganligi turli ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilinayotgan statistik koʻrsatkichlarda yaqqol koʻzga tashlanib turibdi.
Jamiyatning har bir oila aʼzosi, yaʼni oilaning ota-onasi Konstitutsiya va qonunchiligimizda oilaning hamda oiladagi farzandlarning oʻrni, har bir oiladagi ota-onalarning oʻz huquq va majburiyatlarini tubdan ongli ravishda tushunib yetmogʻi lozim.
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq, har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, oʻz ota-onasini bilish, ularning gʻamxoʻrligidan foydalanish, ular bilan birga yashash huquqiga ega, bola manfaatlariga zid boʻlgan holatlar bundan mustasnoligi koʻrsatib oʻtilgan.
Shu bilan birga, bola oʻz ota-onasi tomonidan tarbiyalanishi, oʻz manfaatlari taʼminlanishi, har taraflama kamol topishi, insoniy qadr-qimmatlari hurmat qilinishi huquqiga ega ekanligi belgilab qoʻyilgan.
Har bir ota-onaning masʼuliyatini oshirish va oilaviy munosabatga nisbatan masʼuliyatsizlik bilan yondashgan ota-onalarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining tegishli moddalariga binoan jazo choralari belgilab oʻtilgan.
Jumladan, Bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi, bolalarning majburiy umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi olishiga ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan toʻsqinlik qilishi, ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga nisbatan jarima solishga sabab boʻlishi qatʼiy belgilab qoʻyilgan.
Har bir ota-ona oʻziga quyidagi belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik oqibatida ota-onalik huquqidan mahrum qilish boʻyicha ham choralar koʻrilishi qonunchiligimizda belgilab qoʻyilgan.
Bular jumlasiga, ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan aliment toʻlashdan boʻyin tovlasa;
uzursiz sabablarga koʻra oʻz bolasini tugʻruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga oʻxshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa;
ota-onalik huquqini suiisteʼmol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada boʻlsa, jumladan jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy taʼsir koʻrsatsa;
muttasil ichkilikbozlik yoki giyohvandlikka mubtalo boʻlgan boʻlsa;
oʻz bolalarining hayoti yoki sogʻligʻiga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sogʻligʻiga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan boʻlsa, ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin.
Agarda ota-onalik huquqidan mahrum etilgan ota-onalarga nisbatan, kelgusida shu bolaga nisbatan boʻlgan qarindoshlik faktiga asoslangan barcha huquqlardan, shu jumladan undan taʼminot olish, shuningdek bolali fuqarolar uchun qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar va nafaqalar olish huquqlaridan mahrum boʻlishi, shu bilan birga Ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi ota-onani oʻz bolasiga taʼminot berish majburiyatidan ozod qilmasligi belgilab qoʻyilgan.
Oʻz-oʻzidan koʻrinib turibdiki, mamlakatimizning Konstitutsiyasi va qonunlarida bola manfaatini himoya qilish boʻyicha yetarlicha asosli hujjatlar mavjudligini eʼtiborga olgan holda har bir oila, ota-ona oʻz farzandlarining kelajagi boʻyicha qaygʻurishsa, shu bilan kelajakda yurtning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligiga katta hissa qoʻshgan boʻlar edi.
Furqat Anarov,
Fuqarolik ishlari boʻyicha Qarshi tumanlararo sudi sudyasi
Источник: Xs.uz

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:53:06
Alinazar Egamnazarov haqida: hayoti, asarlari, faoliyati Alinazar Egamnazarov haqida: hayoti, asarlari, faoliyati
Yangi psixologik test: Xarakteringiz sirlarini ochamiz Yangi psixologik test: Xarakteringiz sirlarini ochamiz
Milliy reyting uchun maktab o’qituvchilaridan olingan so’rovnoma Milliy reyting uchun maktab o’qituvchilaridan olingan so’rovnoma
Sulton Akbariy hayoti, ijodi, asarlari, faoliyati, tarjimai hol Sulton Akbariy hayoti, ijodi, asarlari, faoliyati, tarjimai hol
Maktab yoshidagi bolalar uchun sog‘lom ovqatlanish tarzini tashkil etamiz Maktab yoshidagi bolalar uchun sog‘lom ovqatlanish tarzini tashkil etamiz
Chet tili o‘qituvchilariga sertifikat talabi qachon joriy etiladi? Chet tili o‘qituvchilariga sertifikat talabi qachon joriy etiladi?
Onlayn maktab ingliz tili darslarini AQSHlik mutaxassis o’tadi Onlayn maktab ingliz tili darslarini AQSHlik mutaxassis o’tadi
Muhammad Yusuf haqida film suratga olinmoqda Muhammad Yusuf haqida film suratga olinmoqda
O‘qituvchilar maktab hududini tozalashi to‘g‘rimi? O‘qituvchilar maktab hududini tozalashi to‘g‘rimi?
Minhojiddin Mirzo hayoti, asarlari, tarjimalari, mukofotlari Minhojiddin Mirzo hayoti, asarlari, tarjimalari, mukofotlari
Qashqadaryoda maktab direktori o‘zini osdi. U o‘limidan oldin tilxat qoldirgan Qashqadaryoda maktab direktori o‘zini osdi. U o‘limidan oldin tilxat qoldirgan
Aql va qalb - qay biri hokim bo'lishi kerak? Aql va qalb - qay biri hokim bo'lishi kerak?
24-sentabr onlayn maktab darslari barcha videolar (1-11 sinf) 24-sentabr onlayn maktab darslari barcha videolar (1-11 sinf)
Osiyoning eng boy odami kim? Osiyoning eng boy odami kim?
7-sinf ona tili choraklik va mavzulashtirilgan testlar (javobi bilan) 7-sinf ona tili choraklik va mavzulashtirilgan testlar (javobi bilan)
Dunyoning 7 mo’jizasi haqida qisqacha ma’lumotlar Dunyoning 7 mo’jizasi haqida qisqacha ma’lumotlar
Audio treyning: Men kimman praktikasi Audio treyning: Men kimman praktikasi
Chaqaloq savdosi qayerdan kelib chiqyapti? Chaqaloq savdosi qayerdan kelib chiqyapti?
Ona tili haqida qo'shiqlar, til bayrami mp3 qo'shiqlari Ona tili haqida qo'shiqlar, til bayrami mp3 qo'shiqlari
Maktab, o’qituvchilar va o’quvchilar to’g’risida aforizmlar Maktab, o’qituvchilar va o’quvchilar to’g’risida aforizmlar