Ma’naviyatni boy bermoq - xalqni boy bermoqdir
Taraqqiyotda barcha ijtimoiy munosabatlar reallikdan virtuallikka ko‘chmoqda. Natijada ta’lim olish, iqtisodiy hamkorlik va boshqa sohalardagi barcha munosabatlarga doir jarayonlar zamonaviy shakllarda amalga oshirilmoqda. Bularning barchasi ijobiy hol, albatta.
Prezidentimiz raisligida 2021 yil 19 yanvar kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida taraqqiyotning shiddat bilan rivojlanib borishi jamiyat va davlat hayotida ko‘plab o‘zgarishlarga sabab bo‘layotgani ta’kidlandi. Davlatimiz rahbari shunday murakkab pallada o‘zligimizni saqlab qolish, asrlar davomida shakllanib kelayotgan milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhini yanada kuchaytirish, milliy g‘oyaning asl mazmun-mohiyatidan chekinmagan holda yashash va faoliyat yuritish, loqaydlik va befarqlik kabi illatlarga yo‘l bermaslik, bugungi raqobat maydonida ma’naviy salohiyati yuksak avlodni tarbiyalashda tashqi tahdid va xavflardan o‘z vaqtida ogoh bo‘lish lozimligi haqida fikr bildirib, asoslantirilgan taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.
Avvalo, aytish joizki, o‘zbek xalqining eng kuchli quroli bu uning asrlar davomida shakllangan va umuminsoniy qadriyatlar asosiga qurilgan yuksak ma’naviyatidir. Tarix guvohki, kuchli va mustahkam ma’naviyatsiz, ta’lim va tarbiyaning uyg‘unligiga erisha olmagan xalq va davlatning kelajagi bo‘lmaydi. Chunki ma’naviyatda xalqning ruhi va butun borlig‘i mujassam. Ma’naviyatni boy bermoq xalqni boy bermoqdir.
Bugungi raqobat maydonidagi murakkab vaziyat xalqning ma’naviyatini saqlashga alohida e’tibor berish lozimligini taqozo etmoqda. Chunki globallashuv jarayonida ma’naviyatimizga yot bo‘lgan turli g‘oya, milliy qadriyatlarimizga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan holatlar tobora keng quloch yozmoqda. Bu holat, ayniqsa, yoshlar hayotida ko‘proq ko‘zga tashlanmoqda.
Hozirgi raqamli taraqqiyot yangi avlodning zamonaviy texnologiyalar borasidagi bilim va ko‘nikmasini oshirish bilan bir qatorda, ularni o‘ziga tobe qilish, mustaqil fikridan ayirish, ma’naviyatiga zid bo‘lgan ishlarni qilishga majburlash funksiyalarini ham bajarmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, kelajak avlodning qo‘lidan eng kuchli quroli – ma’naviyatini tortib olmoqda.
Aksariyat yoshlar uchun kitob ilm manbai vazifasini o‘tamay qo‘yganiga, ta’lim muassasasi ziyo maskani sifatida ularni qiziqtirmay qo‘yganiga ancha bo‘lgan. Ular hozirda ilmni ham, ziyoni ham mobil qurilmalar orqali virtual tarzda olmoqda. Keling, internet tarmog‘idan foydalanishning ma’naviyatimizga yetkazishi mumkin bo‘lgan tahdidlariga e’tibor qaratsak.
Birinchidan, internet olami yoshlarni iste’molchi maqomiga o‘tkazib qo‘ygan. Vaholanki, virtual olamdan foydalanishda iste’molchilik madaniyatini yoshlarda yuqori darajada shakllangan, deb ayta olmaymiz.
Ikkinchidan, internet tarmog‘ida milliy o‘zligimiz va qadriyatlarimizga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan manbalar va uning adadi beqiyos. Ularni ko‘rayotgan iste’molchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilish orqali milliy o‘zligini tahdid ostida qoldirmoqda.
Uchinchidan, oson pul topish va boylik orttirish haqida dasturlar orqali yoshlar o‘ylab ko‘rmay turli ishlarga qo‘l urmoqda. Xususan, tik-tok dasturi orqali tushunarsiz qisqa lavha, turli rasm va kulgili efirlarni sur’atga olish orqali pul ishlash imkoniyati yaratilmoqda. Bularning natijasi o‘laroq, yoshlarda ta’lim olmay turib ham pul topish mumkinligi haqidagi tushunchalar paydo bo‘lmoqda. Lekin bularning barchasi vaqtinchalik.
Shunday tahlikali davrda milliy ma’naviyatimizni saqlab qolish va turli tahdidlarga qarshi yoshlarda mustahkam immunitetni shakllantirish borasida Prezidentimiz tomonidan bir qator muhim taklif va tashabbuslar bildirildi. Jumladan, birinchidan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi ishini takomillashtirish. Haqiqatan ham, Markazning ma’naviy targ‘ibot ishlarini tizimli ravishda olib borish, jamiyatdagi ma’naviy bo‘shliqni to‘ldirish borasidagi ishlarini kuchaytirishga hayotiy ehtiyoj mavjud.
Ikkinchidan, “Ma’naviyat targ‘ibotchisi” o‘quv muassasasi negizida – Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutini tashkil etish. Negaki, taraqqiyotning muhim omili – jamiyat a’zolari orasidagi sog‘lom ma’naviy va ijtimoiy muhit hayotga bog‘liq. Shu ma’noda, ushbu yo‘nalishda ilmiy tadqiqotlar va o‘rganishlarni tizimli olib borish, ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish favqulodda dolzarbdir. Xorijiy davlatlar tajribasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, Yaponiya va Janubiy Koreya kabi davlatlarda ma’naviyat sohasidagi ishlarning tizimliligi va rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiluvchi muassasalar tashkil etilganining guvohi bo‘lamiz.
Uchinchidan, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yagona tizimini yaratish, bu borada maktabgacha ta’lim muassasalariga metodik yordam ko‘rsatish amaliyotini joriy etish ham bugungi kundagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yoshlarga bolaligidan boshlab berish ularda ma’naviy tahdidlarga nisbatan mustahkam immunitetni shakllantirishga xizmat qiladi.
To‘rtinchidan, mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash masalasi tizimdagi ishlarning samarasiga bevosita ta’sir ko‘rsatmay qolmayapti. Shu maqsadda Prezidentimiz tashabbusi bilan “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida har bir mahallaga professor-o‘qituvchi va taniqli ziyolilarning biriktirilishi mahalladagi yoshlar ishlashni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, bu amaliyotning joriy etilishi mahallalarda ma’naviy muhitning yanada sog‘lomlashuvi, yoshlarning ma’naviy barkamol bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlashi, shubhasiz;
Beshinchidan, ma’naviyat va ma’rifat sohasi ixtisosliklarini fanlar klassifikatoriga kiritish taklifini amalga oshirish ham ma’naviy yetuk kadrlarni tarbiyalashda muhim omil bo‘ladi. Ma’naviyat va ma’rifat sohasiga taalluqli bo‘lgan fanlarni ta’lim muassasalarida o‘qitish o‘quvchi-yoshlarni zamonaviy bilimlarni egallashi bilan birgalikda, milliy ma’naviyatimiz va shonli tariximizga nisbatan hurmat, ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga imkon yaratadi.
Yurtboshimiz tomonidan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish borasida bildirilgan taklif va tashabbus, ezgu g‘oyalar xalqimiz, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodni global xavf-xatar va tahdidlarga qarshi kurashda eng kuchli qurol bilan qurollantirishga xizmat qiladi. Zero, ona Vatanga sadoqat, yurt taraqqiyotiga daxldorlik, oilaga bo‘lgan muhabbat, avvalo, sog‘lom ma’naviyat va ma’rifat asosida dunyoga keladi.
Mirodiljon BARATOV,
Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlar doktori.
Akbarshoh TEShABOYeV,
Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti bo‘lim boshlig‘i.
Источник: Zarnews.uz

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:52:46
17-sentabr onlayn darslar jadvali 17-sentabr onlayn darslar jadvali
Saʼdulla Siyoev hayoti, ijodi, asarlari, faoliyati, tarjimai hol Saʼdulla Siyoev hayoti, ijodi, asarlari, faoliyati, tarjimai hol
Chet elda o‘qish uchun nima qilish kerak? Chet elda o‘qish uchun nima qilish kerak?
Onlayn maktab loyihasi ishtirokchilari munosib taqdirlandi Onlayn maktab loyihasi ishtirokchilari munosib taqdirlandi
ISKANDAR MAKEDONSKIY VA ZULQARNAYN BIR SHAXSMI? ISKANDAR MAKEDONSKIY VA ZULQARNAYN BIR SHAXSMI?
O’qishni ko’chirish bo’yicha o’tish ballari to’liq ro’yhat O’qishni ko’chirish bo’yicha o’tish ballari to’liq ro’yhat
Nol qoidasi haqida qisqacha Nol qoidasi haqida qisqacha
O‘qishga kirishda Respublika sport musobaqalari g‘oliblari uchun imtiyozlar nega bekor qilindi? O‘qishga kirishda Respublika sport musobaqalari g‘oliblari uchun imtiyozlar nega bekor qilindi?
DTM Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar masalasi ijobiy hal etilganligini ma’lum qildi. DTM Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar masalasi ijobiy hal etilganligini ma’lum qildi.
2022-2023 8-sinflar uchun ish rejalar WORD EXCEL 2022-2023 8-sinflar uchun ish rejalar WORD EXCEL
Magistraturaga onlayn hujjat topshirishda mutaxassislikni o’zgartirish mumkinmi? Magistraturaga onlayn hujjat topshirishda mutaxassislikni o’zgartirish mumkinmi?
Perevod bo‘yicha ma’lumotlar mandat.dtm.uz saytiga joylashtirildi Perevod bo‘yicha ma’lumotlar mandat.dtm.uz saytiga joylashtirildi
Prezident: O’zbekistonda bugundan boshlab jamiyatdagi eng hurmatli inson muallimdir Prezident: O’zbekistonda bugundan boshlab jamiyatdagi eng hurmatli inson muallimdir
Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan maktablarga 2 mingta «Qizil kitob» berildi Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan maktablarga 2 mingta «Qizil kitob» berildi
O’qituvchilarning ish yuklamasi qay tartibda taqsimlanadi? O’qituvchilarning ish yuklamasi qay tartibda taqsimlanadi?
Muhammad Yusuf hayoti, faoliyati, asarlari, mukofotlari, she’rlari Muhammad Yusuf hayoti, faoliyati, asarlari, mukofotlari, she’rlari
Magistraturaga kirolmaganlar uchun qoʻshimcha imkoniyat Magistraturaga kirolmaganlar uchun qoʻshimcha imkoniyat
Prezidentimiz raisligida ta’lim-tarbiya taraqqiyoti muhokama qilindi Prezidentimiz raisligida ta’lim-tarbiya taraqqiyoti muhokama qilindi
Tartibbuzar o‘quvchilar bilan kim shug‘illanishi kerak? Tartibbuzar o‘quvchilar bilan kim shug‘illanishi kerak?
Yangi 5000 so’m va 10000 somlik pul ko’rinishi belgilari foto Yangi 5000 so’m va 10000 somlik pul ko’rinishi belgilari foto