O‘zingizni xunuk deb hisoblaysizmi? U holda buni o‘qing!
Yaqinda tishimdagi muammo sabab stomatologlarga ko‘p ishim tushdi. Shuning bahonasida qiziqarli narsalarni ham bilib oldim.
Xususan, ko‘pchilik yuz go‘zalligini tug‘ma deb hisoblaydi. Aslida esa bu fe’l-atvor mahsuli ekan. Quyidagi o‘qiydiganingiz hech qanday plastik jarrohliklarsiz, shunchaki fe’l-atvorni o‘zgartirib, go‘zal bo‘lishni istaganlar uchun! Yanayam batafsil esa Toshkent shahridagi xususiy stomatologik klinikalardan birining tajribali shifokori Izzatbek Salomov so‘zlab beradi.
– Dastavval, tishlarning noto‘g‘ri rivojlanishi yuzga qanday ta’sir qilishi haqida aytib bersangiz.
– Tishlar jag‘ anatomiyasi va yuz suyuklari tuzilishiga katta ta’sir o‘tkazadi. Bolalikda tishlarning noto‘g‘ri shakllanishi keyinchalik yuz sohasiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Xususan, iyak sohasida ikki iyakning paydo bo‘lishi, chuqur tishlov va hokazolar salbiy holatlar bilan tavsiflanadi. Iyakning ingichka yoki katta bo‘lib ketishi, burun va ko‘z chakkalaridagi suyaklarning nomutanosib shakllanishi shu kabi turli asoratlar keltirib chiqaradi. Biroq hamma ham ushbu nuqsonlar tishlarga e’tiborsizlik tufayli kelib chiqqanini bilavermaydi – buni shunchaki tug‘ma yuz tuzilishi deb hisoblashadi. Aslida esa, bizga arzimas bo‘lib tuyilgan kichik odatlar yuz estetikasini yillar davomida noto‘g‘ri shakllantirib boradi.
– Bu arzimasdek kichik odatlarga nimalar kiradi?
– Avvalo, bolani go‘daklikda noto‘g‘ri emizish, uzoq muddat so‘rg‘ichdan foydalanish jag‘ suyaklarining to‘g‘ri shakllanishiga salbiy ta’sir qiladi. Bunda chuqur tishlov (tepa tish qatori va pastki tish qatori birlashtirilganda teng birikmasligi), tishlarning noto‘g‘ri, qiyshiq o‘sishi kuzatiladi. Bu esa jag‘ va iyakka, u orqali esa butun yuz tuzilishiga ta’sir o‘tkazadi. Ayrim bolalar o‘tish davrida xayolparast bo‘lib qolishadi: ko‘pincha darsda qo‘llarini iyakka tirab, uzoq vaqt xayol surib qolishadi. Bu ham yuz suyaklariyu tish holati o‘zgarishiga olib keladi. Boshqalarining esa (kattalarda ham) yozayotganda ruchkani og‘ziga solish odati bor. Bu ham chuqur tishlovga olib keluvchi omillardan. Ba’zilar qo‘rquv, o‘ychanlik sabab tepa yo pastki tishlarini tishlab turishga o‘rganib qolishadi. Jag‘ anatomiyasiga salbiy ta’sir qiluvchi narsalardan biri ham shu. Jag‘dagi asoratlar hech qanday og‘riqsiz, sezilmay o‘taveradi. Hatto bir umr! Oxir-oqibat noto‘g‘ri chaynov paydo bo‘ladi.
Ovqat og‘izda me’yorda maydalanmasligi (chaynalmasligi) oshqozon-ichak kasalliklarini keltirib chiqaradi. Yuz estetikasi ham nuqsonli shakllana boradi. Keyinchalik noto‘g‘ri nafas olishga olib kelishi mumkin. Bu o‘pkaning havo bilan to‘liq to‘yinmasligiga, natijada esa o‘pka va yurak kasalliklarini keltirib chiqarishiga «hissa qo‘shadi».
– Demak, tishlarning noto‘g‘ri shakllanishi nafaqat ularning ko‘rinishiga, balki butun yuz tuzilishiyu ichki organlar faoliyatiga ham ta’sir qilar ekan-da?
– Albatta, chunki har bir tish yuz suyaklari bilan bog‘liq.
– Yuz estetikasi risoladagidek bo‘lishi uchun qanday maslahat va tavsiyalar berasiz?
– Avvalo, yuqoridagi arzimasdek ko‘ringan salbiy odatlardan tiyilish zarur. Oilada tibbiy tushunchaga ega bo‘lish, farzandlarning tishiyu og‘iz sohasida bo‘layotgan o‘zgarishlarga befarq qaramaslik kerak. Tish shifokori ko‘rigidan o‘tayotganda tishlar to‘g‘ri rivojlanyaptimi, boshqa shifokorga ham zarurat bormi – shular ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak.
– Bugungi kunda nuqsonli tishlarni yoki noto‘g‘ri shakllangan tishlov (prikus)ni davolash mumkinmi?
– Albatta. Bugun bu kabi muammolarni breketlar (tishga maxsus temirlar tortilishi) va operatsiya orqali to‘g‘rilash mumkin. Breket qo‘yilgach, yuz tuzilishi sezilarli darajada ijobiy tomonga o‘zgaradi. Muhimi – o‘z vaqtida shifokorga murojaat qilish. Bolalikda – hali suyaklar rivojlanishi davrida tish va jag‘dagi nuqsonlar breket bilan qisqa muddat (6 oy)da to‘g‘rilanadi. Yosh ulg‘aygan sari jarayon qiyinlashadi: 6 oydan 2 yilgacha cho‘zilishi mumkin. Ba’zida esa operatsiya qilishga ham to‘g‘ri keladi. Ammo har qanday yosh va holatda ham, bugungi zamonaviy tibbiyotda ushbu muammoni bartaraf etish yo‘llari mavjud.
Demak, turli zararli odatlardan tiyilish orqali ham sog‘lom va benuqson yuz tuzilishi sohibiga aylanish mumkin ekan. U holda hozirdanoq xatti-harakatlarimizga e’tiborli bo‘lib, jag‘ va yuz suyaklari benuqsonligini ta’minlashni unutmaylik.
Maftuna Karimova suhbatlashdi.
В частности, многие считают красоту лица врожденной. По сути, это продукт характера. То, что вы читаете ниже, предназначено для тех, кто хочет изменить свое поведение и выглядеть красиво без всяких пластических операций! Подробнее расскажет Иззатбек Саломов, опытный врач частной стоматологической клиники в Ташкенте.
— Прежде всего, расскажите о последствиях аномалий развития зубов на лице.
— Зубы имеют большое влияние на анатомию челюсти и строение лицевых костей. Неправильное формирование зубов в детстве может впоследствии повлиять на лицевую область. В частности, неблагоприятными явлениями характерно появление двух челюстей в области челюстей, глубокие прикусы и т.п. Истончение или увеличение челюсти, а также непропорциональное образование костей в области носа и век могут вызвать аналогичные осложнения. Но не все знают, что эти дефекты вызваны небрежным отношением к зубам — это просто считается врожденным строением лица. На самом деле маленькие привычки, которые могут показаться нам тривиальными, уже много лет искажают эстетику лица.
— Что это за тривиальные маленькие привычки?
— Во-первых, неправильное грудное вскармливание в младенческом возрасте, длительное использование пустышки могут негативно сказаться на правильном формировании костей челюсти. Характеризуется глубоким прорезыванием зубов (неравное сочетание зубов верхнего и нижнего ряда), неправильным, кривым ростом зубов. Это затрагивает челюсть и подбородок, а через него и все лицо. Некоторые дети в переходный период становятся мечтательными: часто кладут руки на подбородок на уроках и подолгу медитируют. Это может привести к изменению состояния лицевых костей и зубов. Другие (даже взрослые) имеют привычку класть ручку в рот, когда пишут. Это тоже один из факторов, приводящих к глубоким укусам. Некоторые люди привыкают кусать верхние или нижние зубы из-за страха и беспокойства. Это одна из наиболее распространенных причин анатомии челюсти. Осложнения в челюсти безболезненны и незаметны. Даже всю жизнь! В конце концов, неправильное жевание появится.
Недостаточное пережевывание пищи во рту может привести к желудочно-кишечным расстройствам. Эстетика лица также несовершенна. Позже это может привести к неприятному запаху изо рта. Это «способствует» тому, что легкие не полностью насыщаются воздухом, что может привести к заболеваниям легких и сердца.
— Значит, неправильное формирование зубов влияет не только на их внешний вид, но и на всю структуру лица и внутренние органы?
«Конечно, потому что каждый зуб связан с костями лица».- Каковы ваши советы и приемы, чтобы ваше лицо было похоже на то, что в брошюре?
— В первую очередь необходимо избегать упомянутых выше, казалось бы, незначительных вредных привычек. Важно иметь медицинское представление о семье и не быть равнодушным к изменениям зубов и рта у детей. Не следует упускать из виду, правильно ли развиваются ваши зубы, когда вы посещаете стоматолога, и есть ли необходимость в другом враче.
— Можно ли сегодня вылечить дефектные или деформированные зубы (прикус)?
— Конечно. Сегодня такие проблемы можно исправить с помощью брекетов (брекетов) и хирургического вмешательства. При установке корсета структура лица значительно меняется в лучшую сторону. Важно своевременно обратиться к врачу. В детском возрасте, еще в период развития костей, дефекты зубов и челюсти исправляются в короткие сроки (6 месяцев) с помощью брекетов. По мере взросления процесс усложняется: он может занять от 6 месяцев до 2 лет. Иногда требуется хирургическое вмешательство. Но в любом возрасте и в любой ситуации у современной медицины есть способ справиться с этой проблемой.
Это означает, что вы можете иметь здоровый и безупречный цвет лица, избегая различных вредных привычек. В таком случае, давайте с этого момента обратим внимание на наше поведение и убедимся, что челюсть и лицевые кости целы.
С ним поговорила Мафтуна Каримова.
Источник: соф.уз.

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:50:37
Ona tili fanidan 7-sinflar uchun to’liq audio darslik Ona tili fanidan 7-sinflar uchun to’liq audio darslik
O’zbekiston maktablarida o’rgatilishi zarur bo’lgan 6 ta fan O’zbekiston maktablarida o’rgatilishi zarur bo’lgan 6 ta fan
Yangi o‘quv yilida Prezident maktablariga qancha o‘quvchi qabul qilinadi? Yangi o‘quv yilida Prezident maktablariga qancha o‘quvchi qabul qilinadi?
Nosir Fozilov hayoti, ijodi, asarlari, faoliyati, tarjimai hol Nosir Fozilov hayoti, ijodi, asarlari, faoliyati, tarjimai hol
2021-2022 umumiy DTM statistikasi abituriyentlar soni barcha tillar 2021-2022 umumiy DTM statistikasi abituriyentlar soni barcha tillar
Vola haqida ma'lumot. Vola hayoti va ijodi. Tarjimai hol Vola haqida ma'lumot. Vola hayoti va ijodi. Tarjimai hol
Bahorgi ta’til boshlanish vaqti. III chorak so’nggi o’qish kuni Bahorgi ta’til boshlanish vaqti. III chorak so’nggi o’qish kuni
Saralangan insholar to’plami kitobchasi Saralangan insholar to’plami kitobchasi
Yuridik universitet magistraturasiga qabul boshlandi Yuridik universitet magistraturasiga qabul boshlandi
Orziqul Ergash hayoti, faoliyati, asarlari, tarjimalari, mukofotlari Orziqul Ergash hayoti, faoliyati, asarlari, tarjimalari, mukofotlari
CHQBT fanidan 2021-2022 ish rejalar to'plami 10-11-sinf CHQBT fanidan 2021-2022 ish rejalar to'plami 10-11-sinf
UniRank O‘zbekistonning eng yaxshi universitetlari nomini ma’lum qildi UniRank O‘zbekistonning eng yaxshi universitetlari nomini ma’lum qildi
Bemorlar haqidagi ma’lumotni oshkor qilish mumkinmi? Bemorlar haqidagi ma’lumotni oshkor qilish mumkinmi?
Faqat pedagoglarga emas o‘quvchilarga ham yuqori talablar qo‘yishimiz kerak Faqat pedagoglarga emas o‘quvchilarga ham yuqori talablar qo‘yishimiz kerak
Test qachon boshlanadi, ruxsatnoma qachon chiqadi? Test qachon boshlanadi, ruxsatnoma qachon chiqadi?
Texnikum va kollejlarda oʻquv jarayoni qachondan boshlanadi? — dolzarb savollarga aniq javoblar Texnikum va kollejlarda oʻquv jarayoni qachondan boshlanadi? — dolzarb savollarga aniq javoblar
Qutlibeka Rahimboyeva hayoti, faoliyati, asarlari, mukofotlari Qutlibeka Rahimboyeva hayoti, faoliyati, asarlari, mukofotlari
Bolamning quchog’i… (Ibratli hikoya) Bolamning quchog’i… (Ibratli hikoya)
Ishonch va ishonchsizlik haqida maqollar to’plami Ishonch va ishonchsizlik haqida maqollar to’plami
⚡️ Qo‘shimcha test sinovi natijalari e’lon qilindi ⚡️ Qo‘shimcha test sinovi natijalari e’lon qilindi