Yoshlarni yodlashga emas, fikrlashga chorlaydigan metodika yaratish kerak
Davlatimiz rahbari oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan soha vakillariga yoʻllagan tabrik nutqida taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-fan, taʼlim va tarbiya ekanligini alohida taʼkidladi.
Zero, bugun qaysi sohani olmaylik, zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib farovon hayotga erishish qiyinligi kundek ravshan.
Binobarin, har bir oila, har bir kelajak avlod hayoti maktab bilan bogʻlanganini, bu masala davlatning, jamiyatning eng muhim yumushi ekanini inkor etib boʻlmaydi. Ayniqsa, bugungi modernizatsiya jarayonlari, islohot va oʻzgarishlar natijadorligi maktab taʼlimiga, yangi avlod kadrlarini yetishtirish masalasiga borib taqalayotgan bir vaqtda mazkur masala oʻta dolzarbdir.
Shu maʼnoda qishloq va shaharlarda taʼlim-tarbiya, madaniyat va maʼnaviyat tarqatadigan fidoyi insonlar sifatida maktab direktorlari va muallimlarga koʻp narsa bogʻliq. Negaki, maktablar nafaqat taʼlim maskani, balki mahallaning madaniy, intellektual markazi hamdir.
Bugun davr jamiyatda muallimning obroʻ-eʼtibori va maqomini koʻtarish, oʻquv dasturlari va metodikasini toʻliq qayta koʻrib chiqish, maktabni taʼlimning keyingi bosqichlari bilan uzviy bogʻlash, oʻqituvchilarni ortiqcha qogʻozbozlikdan xalos etib, oʻz ustida koʻproq ishlashi uchun sharoit yaratish va shuni ragʻbatlantirish, maktab infratuzilmasi va undagi maʼnaviy muhitni yaxshilashni talab qilmoqda. Shu jihatdan joylardagi rahbarlarning, mahalliy kengashlarning ushbu muhim masalaga yondashuvi va eʼtiborini tubdan oʻzgartirish, ularning masʼuliyati, javobgarligi va hisobdorligi mexanizmlari koʻrib chiqilib, amaliyotga tatbiq etilmoqda.
Tan olish kerak, ayrim hollarda maktablarda oʻquvchilarni yodlashga oʻrgatadigan metodika bilan faoliyat yuritiladi. Bu esa kutilgan natijani bermaydi. Endilikda farzandlarimizni fikrlashga chorlaydigan metodika yaratish zarur. Masalan, bu borada Finlyandiya tajribasini olish mumkin. Ushbu mamlakat umumiy savodxonlik, tabiiy fanlar va matematika boʻyicha dunyoda eng ilgʻorlardan biri sanaladi. Oʻquvchilar oʻqituvchi bilan birga fikrlaydi, undan fikrlash, tasavvur qilish, aniq yechim topish boʻyicha motivatsiya oladi, savodxonlik ham yuqori.
Bir jihatdan koʻz yummaslik kerak. Maktablar bilim bilan birga tarbiya, maʼnaviyat maskani hamdir. Muhtaram Prezidentimiz bu ishlarga hududlarda yashab, ijod qilayotgan shoir va yozuvchilarni keng jalb qilish, maktablarning direktor jamgʻarmasidan va mahalliy byudjet mablagʻlaridan ularga oylik maosh toʻlash lozimligini taʼkidlagani zamirida ham maʼnaviyatning taʼlimga uygʻun holda olib borilishi maqsadi mujassam.
Aslida yuqorida tilga olgan masalalarimiz uchun vaqt kerak. Bir yoki ikki yilda koʻzlangan natijaga erishib boʻlmaydi. Lekin harakat, astoydil mehnat bilan samaradorlikka yetish lozim. Shuning uchun ham davlatimiz rahbari bu borada “Bu – yillar davomida koʻrinmaydigan, ammo natijasi yaqin 10-15 yilda butun mamlakat qiyofasini tubdan oʻzgartirishga asos boʻladigan qudratli manba”, ekanini alohida qayd etdilar.
Abdulla ROʻZMETOV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,
OʻzLiDeP fraksiyasi aʼzosi
Ведь какую бы сферу мы ни выбрали сегодня, ясно, что без подготовки современных профессионалов трудно добиться благополучной жизни.
Поэтому бесспорно, что жизнь каждой семьи, каждого будущего поколения связана со школой, и этот вопрос является важнейшей задачей государства и общества. Этот вопрос особенно актуален в условиях, когда процесс модернизации, реформ и эффективность реформ ориентированы на школьное образование и воспитание нового поколения.
В этом смысле многое зависит от директоров и учителей школ как самоотверженных людей, распространяющих образование, культуру и духовность в сельской и городской местности. Ведь школы – это не только учебное заведение, но и культурный и интеллектуальный центр микрорайона.
В современном обществе повышение престижа и статуса учителей, полная перестройка учебных программ и методов обучения, привязка школ к более поздним ступеням образования, освобождение учителей от бюрократизма и создание условий для их более усердной работы, школьная инфраструктура и ее инфраструктура y требует улучшения окружающей среды. В связи с этим рассматривается и претворяется в жизнь кардинальное изменение подхода и внимания местных руководителей и местных советов к этому важному вопросу, а также механизмов их ответственности, подотчетности и подотчетности.
Правда, в некоторых случаях школы используют методологию, которая учит студентов запоминать. Это не дает ожидаемого результата. Теперь необходимо создать методику, побуждающую наших детей думать. Например, в этом отношении можно взять финский опыт. Это одна из самых передовых стран в мире по общей грамотности, естественным наукам и математике. Учащиеся думают вместе с учителем, получают мотивацию думать, воображать, находят четкое решение, отличаются высокой грамотностью.
С одной стороны, это нельзя упускать из виду. Школы являются местом образования, а также образования и духовности. Президент подчеркнул необходимость привлечения поэтов и писателей, проживающих и работающих в регионах, выплаты им ежемесячной заработной платы из фонда директора школы и местных бюджетов.
На самом деле, для решения проблем, о которых мы упоминали выше, требуется время. Желаемый результат не может быть достигнут за один или два года. Но усилия должны быть достигнуты упорным трудом. Именно поэтому глава нашего государства сказал: «Это то, чего не видели годами.но в результате получается мощный источник, который коренным образом изменит лицо страны в ближайшие 10-15 лет».
Абдулла РОЗМЕТОВ,
депутат Законодательной палаты Олий Мажлиса,
Член фракции УзЛиДеП
Источник: XS.uz.

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:50:23
O’quvchilar maktab darsliklari bilan qachon to’liq ta’minlanadi? O’quvchilar maktab darsliklari bilan qachon to’liq ta’minlanadi?
Boshlang’ich sinflar uchun 2019-2020 o’quv yili yillik ish rejasi Boshlang’ich sinflar uchun 2019-2020 o’quv yili yillik ish rejasi
Til haqida topishmoq, eng sara topishmoqlar Til haqida topishmoq, eng sara topishmoqlar
Eng qimmat va eng arzon ta’lim yo‘nalishlarida kontrakt miqdorlari Eng qimmat va eng arzon ta’lim yo‘nalishlarida kontrakt miqdorlari
Anna Axmatova. Anna Axmatova haqida: hayoti, asarlari, faoliyati Anna Axmatova. Anna Axmatova haqida: hayoti, asarlari, faoliyati
Xususiy maktablarda bir oylik o’qish narxlari qancha? Xususiy maktablarda bir oylik o’qish narxlari qancha?
Korrupsiya taʼlim sifatiga taʼsir qilayotgan asosiy muammolardan biri ekanligi aytildi Korrupsiya taʼlim sifatiga taʼsir qilayotgan asosiy muammolardan biri ekanligi aytildi
Yaxshi kayfiyatda uyg'onish sirlari 10 muhim tavsiya Yaxshi kayfiyatda uyg'onish sirlari 10 muhim tavsiya
Qorako’l xalqaro matematika maktabi tajribasining metodik qo’llanmasi yaratiladi Qorako’l xalqaro matematika maktabi tajribasining metodik qo’llanmasi yaratiladi
2022 yil nomi e’lon qilindi 2022 yil nomi e’lon qilindi
Ruboiy nima? Ruboiy haqida ma'lumot Ruboiy nima? Ruboiy haqida ma'lumot
Tadbirkorlik va biznes farovon hayot asosi. Tadbirkorlik va biznes farovon hayot asosi.
Magistratura turdosh yo’nalishlar 2022-2023 pdf yuklab olish Magistratura turdosh yo’nalishlar 2022-2023 pdf yuklab olish
Barcha hududlarda test sinovlari yakunlandi - DTM Barcha hududlarda test sinovlari yakunlandi - DTM
Fransuz tili fanidan 2020-2021 yillik ish rejalar to’plami (1-11-sinf) Fransuz tili fanidan 2020-2021 yillik ish rejalar to’plami (1-11-sinf)
9-oktabr onlayn darslar jadvali 9-oktabr onlayn darslar jadvali
Ko’p o’qituvchilar yo’l qo’yadigan 10 ta xato Ko’p o’qituvchilar yo’l qo’yadigan 10 ta xato
Matematika fan oyligi hujjatlari to’plami Matematika fan oyligi hujjatlari to’plami
2021-2022 geografiya fanidan variativ ish rejalar to'plami 2021-2022 geografiya fanidan variativ ish rejalar to'plami
O'quvchi ixtirosi: Tikodan samosval yasaldi O'quvchi ixtirosi: Tikodan samosval yasaldi