Taʼlim va ilm-fan — mamlakat rivojlanishining asosiy drayveri
Kecha Prezidentimiz raisligida oʻtkazilgan videoselektor majlisida mamlakatimiz taʼlim-tarbiya tizimini yana-da rivojlantirish, taʼlim sifati va samaradorligini oshirish, uning uzviyligi va uzluksizligini taʼminlash hamda oʻqituvchi-murabbiylarning mavqeyi, obroʻ-eʼtiborini oshirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Taʼkidlash joiz, uzoq yillar davomida taʼlim sohasiga yetarlicha eʼtibor berilmagani, mablagʻ bilan taʼminlanishdagi tizimli kamchiliklar va bir qator boshqa sabablar ushbu sohada koʻplab yirik muammolarni keltirib chiqardi. Uning izchil rivojlanishiga toʻsqinlik qildi. Hozirgi davrda shu muammolarni samarali hal etish uchun nafaqat tegishli qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni qabul qilish va amaliyotini taʼminlash, balki sohada keng qamrovli islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish zarur.
Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy drayveri sifatida taʼlim va ilm-fan deb tan olingan ekan, uning oʻzi qanday rivojlanishi kerak? Iqtisodiyotning tarmoqlari uchun intellektual va maʼnaviy salohiyatga ega, yuksak texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishni boshqara oladigan mutaxassislar tayyorlash uchun nimalarga eʼtibor berish kerak? Tizimning jonkuyarlari – tarbiyachi-oʻqituvchilar, murabbiylarning faoliyatini samarali tashkil etish, ularning nufuzini oshirish va zarur shart-sharoitlarni yaratish ishlari mamlakatimizning turli hududlarida qanday tashkil etilgan? Shu masalalar kesimida viloyatlar, tumanlardagi holat toʻgʻrisida hududlarning mutassaddi rahbarlari va taʼlim tizimi xodimlari, pedagog-oʻqituvchilar majlisda gapirib berishdi. Soʻnggi davrda taʼlim tizimiga davlatning doimiy eʼtibori tufayli oʻqituvchi murabbiylarning maoshlari bosqichma-bosqich oshirib borilyapti. Taʼlim muassasalarini taʼmirlash, ularni jihozlash, darslik va oʻquv qoʻllanmalar bilan taʼminlash boʻyicha katta ishlar amalga oshirildi.
Lekin tizim faoliyatini yuksak xalqaro andozalar asosida qaytadan tashkil etish uchun yana juda koʻp, muhim chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligini davlat rahbari koʻrsatib oʻtdi. Bu borada ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish zarurligi taʼkidlandi. Xususan, taʼlim sohasida yuksak koʻrsatgichlarga erishgan Finlyandiya davlatining tajribasini mamlakatimizning taʼlim tizimiga qoʻllash vazifasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish komissiyasiga topshirildi.
Shuningdek, umumtaʼlim tizimida yuksak pedagogik mahoratga ega boʻlgan mutaxassislarni, xususan erkak oʻqituvchi-pedagoglarni jalb etishning muhim amaliy ahamiyati Xalq taʼlimi vazirligi va hududlarning rahbarlariga tushuntirildi. Shu bilan birga, mamlakatimizdagi yirik oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilarini umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilarini malaka oshirishi tizimiga jalb etib, ularga ilm-fanning soʻnggi yutuqlari asosida ilgʻor malaka oshirish tizimini tashkil etish topshirigʻi berildi. Bunday muhim ishlarga nafaqat poytaxtdagi universitetlar, balki viloyatlarda faoliyat koʻrsatayotgan oliygohlar ham jalb etiladi.
Taʼlim tizimi faoliyatini tashkil etishda vujudga kelishi mumkin boʻlgan muammolarni hal etishda viloyatlarning rahbarlari bevosita va faol ishtirok etishi zarurligi koʻrsatildi. Har bir viloyat, har bir tuman hokimini davriy ravishda oʻz hududidagi maktablarni oʻrganishi, vaqt topib oʻqituvchining dardini eshitishi va ularga amaliy yordam berishi taʼlim tizimining hayotimizdagi muhim rolini eʼtirof etilishini namoyon qiladi.
Taʼlim tizimiga davlat rahbari tomonidan bunday eʼtibor, taʼlim – bu umumxalq ishi deb qaralishi, tizim uchun barcha zarur mablagʻlarni pandemiya cheklovlari va iqtisodiy inqirozga qaramay toʻliq miqdorda ajratilishi, Oʻzbekistonning kelajagi zamonaviy taʼlim tizimiga asoslanganligining dalilidir.
Erkin ZOHIDOV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi
Источник: XS.uz.

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:50:09
Uvaysiy hayoti, faoliyati, asarlari, she’riyati Uvaysiy hayoti, faoliyati, asarlari, she’riyati
Tuyuq nima? Tuyuq haqida ma'lumot Tuyuq nima? Tuyuq haqida ma'lumot
Qo’shni davlatlardan o’qishni ko’chirish bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlar Qo’shni davlatlardan o’qishni ko’chirish bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlar
23-sentabr onlayn darslar jadvali 23-sentabr onlayn darslar jadvali
Doimiy sovqotishning asosiy sabablari Doimiy sovqotishning asosiy sabablari
Ma’naviyat asoslari fanidan 2020-2021 yillik ish rejalar Ma’naviyat asoslari fanidan 2020-2021 yillik ish rejalar
O‘quvchilardan mobil telefonni olib qo‘yish mumkinmi? O‘quvchilardan mobil telefonni olib qo‘yish mumkinmi?
Birovning hasad va g‘azabiga qanday munosabatda bo‘lish kerak? Birovning hasad va g‘azabiga qanday munosabatda bo‘lish kerak?
Dunyoning 7 mo’jizasi haqida qisqacha ma’lumotlar Dunyoning 7 mo’jizasi haqida qisqacha ma’lumotlar
Zulfiya mukofoti sovrindorlari nomi eʼlon qilindi (roʻyxat) Zulfiya mukofoti sovrindorlari nomi eʼlon qilindi (roʻyxat)
Sensor telefonlarining ko'zi ojiz insonlar ijtimoiy hayotidagi o'rni Sensor telefonlarining ko'zi ojiz insonlar ijtimoiy hayotidagi o'rni
2021 matematika fanidan DTM testlar javobi bilan namunaviy testlar 2021 matematika fanidan DTM testlar javobi bilan namunaviy testlar
Yana 100 ta dahshatli mantiqiy savollar to’plami tayyor! Yana 100 ta dahshatli mantiqiy savollar to’plami tayyor!
В 2021 году будет построено жилье для 54 тысяч семей В 2021 году будет построено жилье для 54 тысяч семей
Yagona maktab formasiga qanday talablar qo‘yilgan? Yagona maktab formasiga qanday talablar qo‘yilgan?
Iqtisod fanidan electron darsliklar, iqtisod kitoblari Iqtisod fanidan electron darsliklar, iqtisod kitoblari
Tasviriy san'at va chizmachilik attestatsiya savollari 2022-yil kuz fasli Tasviriy san'at va chizmachilik attestatsiya savollari 2022-yil kuz fasli
Berganing ozligidan uyalma (juda ham ibratli hayotiy voqea) Berganing ozligidan uyalma (juda ham ibratli hayotiy voqea)
Kelgusida bola pulini ijtimoiy shartnoma orqali berish rejalashtirilmoqda Kelgusida bola pulini ijtimoiy shartnoma orqali berish rejalashtirilmoqda
O‘quvchilarning ota-onalaridan kafolat xati olish qanchalik to‘g‘ri? O‘quvchilarning ota-onalaridan kafolat xati olish qanchalik to‘g‘ri?