Ilm-fan yutuqlarisiz innovatsion taraqqiyotga erishib boʻlmaydi
Faylasuf Konfutsiyning shunday hikmati bor: “agar sen xalqingni bir yil boqmoqchi boʻlsang, bugʻdoy ek, oʻn yil boqmoqchi boʻlsang, daraxt ek, agar asrlar davomida boqmoqchi boʻlsang, bilim, ilm ek. Bugun ilm-fanga qaratilayotgan eʼtibor ham uzoqni koʻra bilish, porloq kelajak sari tashlangan dadil qadamdir”.
Bu naql bejiz aytilmagan, albatta. Bu soʻzning tag-zamirida juda katta maʼno-mazmun bor. Chunki ilm-fan — bashariyatning buguni va kelajagini belgilashda muhim oʻrin tutadi. Soddaroq qilib aytganda, ilm-fan bilan shugʻullanish, yangi kashfiyot va ixtirolar qilish igna bilan quduq qazishdek gap.
Shu bois keyingi paytda mamlakatimizda yoshlarga munosib taʼlim berish, ularning ilm-fanga boʻlgan intilishlarini roʻyobga chiqarish, kitobxonlik madaniyatini yana-da rivojlantirishga qaratilgan qator qarorlar qabul qilindi. Yoshlarimizga bir vaqtning oʻzida bir nechta oliy oʻquv yurtiga hujjat topshirish imkoniyatlar berilib, oʻqishga kirish jarayonlari soddalashtirildi. Zero, jamiyatda oliy maʼlumotga ega, yuksak malakali mutaxassislar qancha koʻp boʻlsa, rivojlanish shuncha tez va samarali boʻladi.
Kuni kecha Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmon yurtimizda taʼlim sifati va qamrovini oshirishga qaratilgan muhim hujjat boʻldi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Unga binoan, Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi hamda Konsepsiyaning maqsadli koʻrsatkichlari va indikatorlari tasdiqlandi.
Farmon bilan 2021-yil 1-yanvardan boshlab har bir ilmiy tashkilotda uning boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni doirasida ilm-fan va ilmiy faoliyat boʻyicha maslahatchi lavozimi kiritilib, bu lavozimga taniqli ilm-fan namoyandalari va nufuzli olimlardan biri tayinlanadi. Oʻz navbatida, maslahatchi tashkilotning Ilmiy kengashini boshqaradi.
Ahamiyatli tomoni shundaki, mazkur hujjatga asosan ilmiy yoʻnalishlarni shakllantirish va ularning samarali faoliyat yuritishini taʼminlash hamda ilmiy maktablar, fan namoyandalari va yetakchi olimlarning sohadagi masʼuliyatini oshirish maqsadida har bir fan yoʻnalishlari boʻyicha fan jamiyatlari ham tashkil qilinmoqda. Fikrimizcha, bu muhim tashabbus hisoblanib, yaqin kelajakda oʻz samarasini berishi shubhasiz.
Farmonda 2021-yil 1-yanvardan boshlab “Akademik harakatchanlik” dasturi joriy qilinishi ham nazarda tutilganki, bu hududlarda ilmiy faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ilm-fanga keng jalb qilish, nufuzli ilmiy maktablarni shakllantirish, ularning ilmiy salohiyatini oshirishda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.
Binobarin, mazkur Dastur doirasida ilmiy faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarning ilmiy gʻoyalarini ragʻbatlantirish, ularning xorijiy universitetlar va ilmiy markazlarga qisqa muddatli stajirovkalarini tashkil etish uchun Yoshlar akademiyasining iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan grantlar ajratiladi. Eng muhimi, bunday yoshlarga ilmiy tashkilotlar, oliy taʼlim muassasalari, shuningdek, vazirlik, idora va tashkilotlar huzuridagi ilmiy tuzilmalardagi zamonaviy ilmiy asbob-uskunalardan bepul foydalanish huquqi beriladi.
Bular hali hammasi emas. Davlatimiz rahbarining farmoni bilan Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2020-2022-yillarda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”, Ilm-fan sohasi va ilmiy-tadqiqot ishlarini 2021–2023-yillarda moliyalashtirish hajmini kengaytirish va moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalashning maqsadli parametrlari, shuningdek, Ilm-fan sohasi va ilmiy-tadqiqot ishlarini 2021-2023-yillarda moliyalashtirish hajmini kengaytirish va moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalashning maqsadli parametrlariga erishish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar rejasi ham tasdiqlandi.
Yana ham muhim bir jihat borki, bu haqda alohida aytib oʻtish ayni muddaodir. Xususan, farmon bilan 2021-yil 1-yanvardan boshlab Ilmiy darajali kadrlar tayyorlashni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi joriy qilinadi. Bu elektron tizim orqali ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash institutlarining samaradorligi monitoringini olib borish, tegishli hisobotlar va tahliliy maʼlumotlarni shakllantirish, stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktoranturada oʻqish uchun qabul kvotalari boʻyicha buyurtmanoma shakllantirish kabi ishlar amalga oshiriladi.
Xulosa qilib aytganda, bugun iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish, ilmiy-intellektual hamda moliyaviy resurslarni toʻliq safarbar etgan holda ilmiy-innovatsion salohiyatdan keng foydalanish – davr talabi. Shu jihatdan farmonda belgilangan ustuvor vazifalar kelgusida oʻz samarasini berishi shubhasiz. Zero, ilm-fan yutuqlarisiz innovatsion taraqqiyotga erishib boʻlmaydi.
Odinaxon OTAXONOVA,
Oliy Majlis Qonunchilik
palatasi deputati,
OʼzLiDeP fraksiyasi aʼzosi
Источник: XS.uz.

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:50:08
6-sinf ona tili va adabiyot bo'yicha onlayn test 6-sinf ona tili va adabiyot bo'yicha onlayn test
DTM test natijalari chiqdi imtihon natijalarini bilish mandat.dtm.uz DTM test natijalari chiqdi imtihon natijalarini bilish mandat.dtm.uz
Bolaning qanday uxlashiga qarab xarakterini bilib olamiz Bolaning qanday uxlashiga qarab xarakterini bilib olamiz
Kimyo fanidan olimpiada savollari 9-, 10-, 11-sinf Kimyo fanidan olimpiada savollari 9-, 10-, 11-sinf
/ Ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tashkil etildi / Ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tashkil etildi
2022-2023 maqsadli qabul parametrlari, qabul kvotalar – barchasi 2022-2023 maqsadli qabul parametrlari, qabul kvotalar – barchasi
Ichki dunyoni aniqlash testi Ichki dunyoni aniqlash testi
Uy vazifasi berilmaydigan maktablar Uy vazifasi berilmaydigan maktablar
Karantin sabab o‘quvchilar sinfdan sinfga qoldirilishi mumkinmi? Karantin sabab o‘quvchilar sinfdan sinfga qoldirilishi mumkinmi?
Toshkent shahrida uy-joy narxlari pasaymoqdami? Toshkent shahrida uy-joy narxlari pasaymoqdami?
Ruslan Doʻst Ali hayoti, ijodi, faoliyati, mukofotlari Ruslan Doʻst Ali hayoti, ijodi, faoliyati, mukofotlari
O‘qituvchilarga ustama belgilashda o‘zgartirishlar kiritilmoqda O‘qituvchilarga ustama belgilashda o‘zgartirishlar kiritilmoqda
Islom dinida Navro'z bayrami bormi? Islom dinida Navro'z bayrami bormi?
Uslubiy qoʻllanma maktablarning amaliyotchi psixologlariga bepul tarqatildi Uslubiy qoʻllanma maktablarning amaliyotchi psixologlariga bepul tarqatildi
O'qituvchilar ish haqqi, pedagoglar oyligi keskin oshiriladi 2023-yil O'qituvchilar ish haqqi, pedagoglar oyligi keskin oshiriladi 2023-yil
Yuridik texnikumlarga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi (2020-2021) Yuridik texnikumlarga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi (2020-2021)
1-9-sinf Texnologiya ish reja 2022-2023 taqvimiy mavzu rejalar 1-9-sinf Texnologiya ish reja 2022-2023 taqvimiy mavzu rejalar
Nomli davlat stipendiya sohiblari magistraturaning turdosh bo’lmagan mutaxassisliklarga ham imtihonsiz qabul qilinadimi? Nomli davlat stipendiya sohiblari magistraturaning turdosh bo’lmagan mutaxassisliklarga ham imtihonsiz qabul qilinadimi?
Kimlar “prava”ga bepul o‘qitilishini bilasizmi? Kimlar “prava”ga bepul o‘qitilishini bilasizmi?
Sherzod Shermatov maktablarda bepul ovqatlanishni yo‘lga qo‘yish haqida gapirdi Sherzod Shermatov maktablarda bepul ovqatlanishni yo‘lga qo‘yish haqida gapirdi