Ushbu muammoli ma’ruzalar matni «Bog’lovchi moddalarning kimyoviy texnologiyasi» fanidan tayyorlangan bo’lib, ma’ruza matnlari V.5522400 «Kimyoviy texnologiya» yo’nalishi uchun Oliy kasbiy taolimning Davlat standarti talabalari asosida tuzilgan bo’lib uning mazmuni va xajmi ushbu yo’nalish bo’yicha tasdiqlangan o’quv reja va fanning dasturiga mos keladi.
Ma’ruzalar matnlari ushbu yo’nalish bo’yicha taolim olayotgan talabalar uchun 20 soatga mo’ljallangan bo’lib, talabalarni ma’ruza mashьulotlarida olgan nazariy bilimlarini musta’kamlashga, ularni mustaqil ishlashga ko’nikmalarini hosil qilishga xizmat qiladi. Bu fan talabalarga bog’lovich moddalarni ishlab chiqarish va uning turlari, ularning fizik-kimyoviy xossalari, olinish usullari, цement ishlab chiqarish texnologiyalari hamda ularni qishloq va xalq xo’jaligidagi ahamiyati, hamda qo’llanilishi bilan tanishtiradi.