Ushbu dastur mamlakatimizning jahon hamjamiyatiga har tomonlama integratsiyasini chuqurlashtirish kabi dolzarb masalani horijiy mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotini tarixiy nuqtai nazardan o`rganmasdan hal etib bo`lmaydi. Jahon tarixini mukammal darajada bilmoq insoniyat sivilizatsiyasining yutuqlaridan va tajribasidan to`la bahramand qiladi, umuminsoniy qadriyatlarni anglab yetishga ko`maklashadi va dunyo miqyosida mavjud bo`lgan muammolarning tarixiy ildizlarini izlab topishga imkoniyat yaratadi.