Yer yuzi aholisini katta tashvishga solayotgan ekologik muammolardan biri atrof-muhitning turli xil,jumladan radioaktiv ifloslanishidir. Tabiatni muhofaza qilish, inson salomatligi uchun normal, ekologik toza sharoitlarni ta’minlash bugungu kunda ta’lim tizimining oldida turgan dolzarb muammolardan biridir. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va ko’plab qonunlarida tabiatni muhofaza qilish, yer osti va yer usti suvlarini turli xil ifloslanishlardan saqlash, uni nazorat qilib borish asosiy masala qilib qo’yilgan.