Mustaqil Respublikamiz bozor iqtisodiyotiga o`tish yo`lida rivojlanayotgan hozirgi kunda chuqur iqtisodiy bilimga ega bo`lish har tamonlama barkamol rivojlangan yoshlarni tarbiyalashda o`rta maktab geografiya kursining ham o’rni kattadir.
Shu bilan birga Xalq Ta’limi tizimida bo’layotgan o’zgarishlar “Ta’lim to’g’risidagi qonun”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ko’rsatib o’tilganidek har bir geografiya fani o’qituvchisi oldida muhim vazifalarni qo’ymoqda.
Mana shu vazifalarni hozirgi kun talablari darajasida hal qilshda umumiy o’rta ta’lim maktablarida barcha fanlar qatori geografiya fani bo’yicha o’quvchilarda chuqur bilim, malaka va ko’nikma hosil qilishning roli va ahamiyati kattadir.