O`zbekiston tarixi fanidan ma`ruzalar matni. Respublikamizda keyingi vaqtda, diniy ekstremizm va fundamentalizm kabi milliy qadriyatlarimizga yot, zararli oqimlarning suqilib kirib, ayrim yoshlarimizning o’zligini yo’qotib qo’ygan manqurtlarga, har xil manfur guruhlarning malayiga aylanib qolishi Prezidentimiz Islom Karimovning yuqoridagi gaplari naqadar to’g’ri ekanini yana bir bor isbotladi. 1998 yilda respublikamizning bir guruh faylasuf, tarixchi, siyosatshunos, sotsiolog, psixolog, pedagog va adabiyotshunos olimlar bilan uchrashuvida yurboshimiz “... pirovard maqsadimiz bo’lgan ozod va obod Vatan, erkin va farovon Hayot qurish borasidagi intilishlarimizda biz uchun ruhiy-ma`naviy kuch-quvvat manbai, ilmiy asos - bu milliy g’oya, milliy mafkura bo’lishi shart” - deb ta`kidladilar. Darhaqiqat, xalqimizning fidoiy, sog’lom fikrlovchi, bilimdon ziyolilari ommaga milliy mafkurani tushuntirishi va singdirishi lozim.