Ushbu ma’ruza matnlari 5142000 “Mehnat ta’limi” bakalabr yo’nalishi bo’yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, xalq xo’jaligida keng qo’llaniladigan konstruksion materiallar, ularning turlari, xossalari, ishlab chiqarish texnologiyalari, yutuqlari va kamchiliklari to’g’risida ma’lumotlar berilgan. Har bir mavzuga oid tayanch so’z va iboralar, muammoli savollar va test so’rovlari keltirilgan.