Har xil konstruksiyalarni (mashinalarni, inshootlarni, asboblarni va boshqalarni) loyihalashda unga quyilgan yuklar ta’sirida chidamli va uzoq vaqtlar davomida xavf-xatarsiz ishlashi talab qilinadi, yani konstruksiya mustahkam qilib qurilishi kerak. Konstruksiyani mustahkamlikka hisoblashdan tashqari, loyihalashning ko’p hollarida bikrlikka va ustivorlikka ham hisoblash zarur.