Kishilarning xo`jalik faoliyati o`ta murakkab turlituman hodisa va jarayonlar majmuidan iborat bo`lib, unda iqtisodiyot nazariyasi to`rt bosqichni ajratadi: ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va istе`mol. Ishlab chiqarish - bu insonning hayot kеchirishi va rivojlanishi uchun zarur bo`lgan moddiy va ma`naviy nе`matlarni yaratish jarayonidir.